«Manchester Yunayted» o‘z tarkibini kuchaytirish rejalarini tuzmoqda. El Nacional nashri Goal’ga tayanib xabar berishicha, «qizil iblislar» «Barselona»ning hujumkor yarim himoyachisi Fermin Lopesga qiziqish bildirmoqda.
Manchesterliklar Lopes uchun katta mablag‘ — 150 million yevro to‘lashga tayyor. Shunga qaramay, «Barselona» Fermin bilan xayrlashishni rejalashtirmayapti. 23 yoshli futbolchining o‘zi ham jonajon klubini tark etish niyatida emas.
Futbolchining pozisiyasini hisobga olganda, «Manchester Yunayted» Lopesni hatto tovon puli bandini faollashtirish orqali ham qo‘lga kiritishi qiyin bo‘ladi.
2026/2027 yilgi mavsumda Fermin Lopes yettita uchrashuvda maydonga tushib, to‘rtta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.













