«Real»ning sobiq yarim himoyachisi Klod Makelele jamoaning «Atletiko»ga qarshi uchrashuvdagi mag‘lubiyati sabablari haqida fikr bildirdi.
Kecha La Liganing 7-turida «Real» «Atletiko»ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Uchrashuvdan keyin «Real»ning klub medialari bosh hakam Migel Anxel Ortis Aryasning ishini tanqid qildi. «Qaymoqranglilar» bosh murabbiyi Joze Mourinyu esa matbuot anjumaniga Jud Bellingemning oyog‘ini bosgan Kristian Romeroga ko‘rsatilgan sariq kartochka va Li Kan Inning Federiko Valverdening to‘piq qismiga shipli butsasi bilan zarba bergan vaziyatlari aks etgan kadrlarni chop ettirib keldi.
«Hakamlarni aybdor qilib ko‘rsatish kerak emas. Futbolchilar o‘rtasida ham, jamoa bilan murabbiy o‘rtasida ham o‘zaro tushunish yo‘q. Mourinyu ular bilan gaplashishi kerak.
Jamoa kuchsiz ko‘rinmoqda. Ularda o‘yin rejasi yo‘q, umuman hech narsa ko‘rinmaydi. Biz ulardan ko‘proq narsa talab qilishimiz kerak.
Muammo hakamda emas. Jamoaga nimadir yetishmayotgani aniq. Maydonda aniq g‘oya ham, reja ham yo‘q», — dedi Makelele ESPN efirida.













