«Manchester Siti» bosh murabbiyi Enso Mareska APLning beshinchi turida «Sanderlend» ustidan qozonilgan g‘alabaga (5:3) qaramay, jamoasining himoyadagi o‘yinidan norozi bo‘ldi. Italiyalik mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, u ishonchliroq va «quruq» g‘alabani afzal ko‘rgan bo‘lardi.
«Juda ko‘p gol, juda ko‘p gol! Men 1:0 hisobida g‘alaba qozonishni afzal ko‘raman — bu juda yaxshiroq. Rostini aytsam, 5:3 dan ko‘ra 1:0 ni afzal ko‘rardim, ammo juda og‘ir o‘yin bo‘lishini kutgandim. Ularning qanchalik yaxshi ekanini bilaman. To‘psiz ular juda agressiv, to‘p bilan esa ularda turli xil qurollar bor — Brobbi bunga misol. Biz o‘yinda g‘alaba qozonish yo‘lini topdik».
«Shaharliklar» ustozi, shuningdek, o‘tkazib yuborilgan gollarga olib kelgan konkret xatolarni ko‘rsatib o‘tdi.
«O‘tkazib yuborilgan uchta goldan ikkitasi juda jo‘n bo‘ldi. Ikkinchi gol Jakaning tezkor jarima zarbasidan so‘ng sodir bo‘ldi va bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmasdi. Uchinchi gol — yana standart vaziyatdan. Juda jo‘n. Biz ko‘proq vaziyatlarni o‘tkazib yubordik, ammo beshta gol urdik va yana ikki yoki uchta urishimiz mumkin edi».













