Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

51 yil o‘tib: Bryus Lining sirli o‘limi tafsilotlari aniqlandi

51 yil o‘tib: Bryus Lining sirli o‘limi tafsilotlari aniqlandi

Baho:
+1 | -

Ispaniyalik shifokorlar 1973 yilning yozida aktyor va jang san’ati afsonasi Bryus Lining atigi 32 yoshida vafot etishi sirini aniqladi.

The Sun nashrining avval xabar berishicha, Lining jasadi yorilganida u miya shishi tufayli vafot etgani aniqlangan edi. Shundan so‘ng shifokorlar buni aktyorning og‘riq qoldiruvchi dori qabul qilgani bilan izohlagan. O‘shanda muxlislar orasida eng aql bovar qilmaydigan mish-mishlar, xususan, Bryus Li xitoylik gangsterlar tomonidan o‘ldirilgani yoki rashkchi sevgilisi tomonidan zaharlangani haqida xabarlar tarqala boshlagan. Ba’zilar hatto uni sehrgar la’natlaganiga ishonishgan.

Ammo hozirda Bryus Lining o‘limi holatlarini o‘rgangan shifokorlar u giponatremiya tufayli juda ko‘p suyuqlik ichishdan vafot etgan bo‘lishi mumkin, degan xulosaga keldi.

Bu — qon plazmasidagi natriy ionlarining konsentrasiyasi 135 mmol / l dan past bo‘lgan holat.

Ayrim hollarda, bu qon plazmasidan suvning tana hujayralariga, shu jumladan, miya hujayralariga qayta taqsimlanishiga olib keladi. Keyin insonda bosh aylanishi kuzatiladi, fikrlarning chalkashligi boshlanadi, keyin uyqusizlik va komaga tushish holatlari ham uchraydi.

“Boshqacha qilib aytganda, biz buyraklarning ortiqcha suvni chiqarib yubora olmasligi Bryus Lini halok qilgan, deya taxmin qilyapmiz”, deb yozadi tadqiqotchilar.

Shifokorlar, chanqoqni kuchaytiruvchi marixuana iste’moli sportchi va aktyorni ushbu holatga olib kelganini taxmin qilmoqda.

Tadqiqotchilarga ko‘ra, yuqoridagilardan tashqari, Li buyrak faoliyatini yomonlashtiradigan ba’zi dori-darmonlarni spirtli ichimliklar bilan birgalikda qabul qilgan.

Eslatib o‘tamiz, g‘arbning birinchi yirik kung-fu filmiga aylangan “Ajdarning chiqishi” filmining premyerasidan bir necha hafta oldin aktyor vafot etgan edi.

Lilar oilasiga taalluqli yana bir ajablanarli ma’lumot shundaki, Bryusning o‘g‘li ham o‘z filmining taqdimotini ko‘rolmagan.

Brendon Li — kino aktyor va jang san’ati ustasi Bryus Lining o‘g‘li, u otasining izidan borib, filmlarda rol o‘ynagan.

U “Lazer operasiyasi”, “Tokiodagi kichik mushtlashuv”, “Dovul ostida” filmlarida asosiy rollarni ijro etadi. Ammo haqiqiy muvaffaqiyat unga vafotidan keyin “Quzg‘un” filmi ekranlarga chiqqach keladi — Brendon suratga olish maydonchasida vafot etadi.

Gap shundaki, syujetga ko‘ra, uning qahramoni Erik Draven otib o‘ldirilishi kerak edi, ammo nimadir xato ketib, xavfsiz to‘pponcha otilib ketadi — o‘q Lining oshqozonini teshib o‘tadi. Ma’lum bo‘lishicha, qurolning vinti tiqilib qolgan va “xolostoy” otilganda o‘q chiqib ketib, Lini o‘ldirgan.

Shifokorlar 28 yoshli yigitning hayoti uchun 12 soat davomida kurashadi, ammo hech narsa natija bermaydi — u qon yo‘qotishdan vafot etadi. Fojia aktyorning nikohidan 18 kun oldin sodir bo‘ladi. Rejissyorlar “Quzg‘un” filmini Brendonga bag‘ishlagan. Rolni kompyuter grafikasidan foydalangan holda dublyor yakuniga yetkazib qo‘ygan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 08:00, 24.11.2024.
O'qildi: 8687 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.