Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor 2-0 Surxon
12/04 17:00 Dinamo 1-2 Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna 1-1 Betis
12/04 18:00 Parma 1-1 Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas 2-1 Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest 1-1 Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend 1-0 Tottenhem
12/04 18:15 Andijon 1-2 OKMK
12/04 19:15 Malyorka 3-0 Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi 0-3 Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya 2-0 Lechche
12/04 21:30 Selta 0-3 Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo 3-4 Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

Karatechilarimiz Istanbuldagi “A seriya” musobaqasida sovrindor bo‘lishdi

Karatechilarimiz Istanbuldagi “A seriya” musobaqasida sovrindor bo‘lishdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Xabar berganimizdek, 17-19 may kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida karatening WKF yo‘nalishi bo‘yicha “A seriya” turkumiga kiruvchi yirik musobaqa bo‘lib o‘tdi. Quvonarlisi, mazkur turnirda ishtirok etgan ikki vakilimiz bronza medali bilan taqdirlanishdi.

Erkaklar o‘rtasida -60 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Sadriddin Saymatov yarim finalgacha bo‘lgan yo‘lni muvaffaqiyatli bosib o‘tdi, biroq final ostonasida qozog‘istonlik Yerkinbek Baitureevga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Bronza medali uchun kechgan bellashuvda esa italiyalik Anjelo Krechenzo ustidan g‘alaba qozondi.

Shuningdek, ayollar o‘rtasida -61 kg vazn toifasida harakat qilgan Barno Mirzayeva ham shohsupaga ko‘tarilishga muvaffaq bo‘ldi. Hamyurtimizni ikkinchi davrada musobaqaning bo‘lajak g‘olibi turkiyalik Merv Choban mag‘lub etdi. Turk sportchisi finalgacha yetib kelgani uchun Mirzayevada bronza medali uchun kurashish imkoniyati paydo bo‘ldi. Yurtdoshimiz o‘tish bellashuvlarida Belgiya, Braziliya, Yekvador, Yaponiya, bronza medali uchun bahsda esa Tunis terma jamoasi vakilini dog‘da qoldirishga erishdi.

Ta’kidlash joiz, mazkur muvaffaqiyat orqali vakillarimiz Tokio Olimpiadasi uchun ham qimmatli reyting ochkolarini jamg‘ardilar.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 09:44, 20.05.2019.
O'qildi: 1561 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик