"Manchester Siti" ustozi Xosep Gvardiola "Yuventus"ni boshqaradi, deb xabar tarqatdi "Radio Sportiva".
Manbaning yozishicha, Gvardiola hamda "Yuventus" klubi sport direktori Fabio Paratichining uchrashuvida bu masala hal qilingan. Tomonlar 4 yillik shartnoma borasida kelishib olishgan.
O‘z navbatida Gvardiolaning "Siti"ni kamida 2021 yilgacha boshqarishni istayotgani ham aytilgandi. Ko‘ramiz, bu xabarlarning qaysi biri o‘z tasdig‘ini toparkin?