"Sevilya" rahbariyati jamoaga "Barselona" ustozi Ernesto Valverdeni olib kelmoqchi. Bu haqda "Marca" xabar tarqatdi.
Manbaga ko‘ra, andalusiyaliklar Valverde bilan bog‘liq vaziyatni kuzatishyapti, agar u iste’foga chiqarilsa, "Sevilya" ispaniyalik mutaxassisni jamoaga taklif qiladi.
Ayni damda Xoakin Kaparrosning iste’fosidan keyin "Sevilya"da bosh murabbiylik o‘rni bo‘sh.