«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh tez orada jamoasini o‘zgartiradi. Misrlik futbolchi iyun oyi oxirida rasman erkin agentga aylanadi. Insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, Saudiya Arabistoni chempionati vakillaridan biri yaqinda 33 yoshli futbolchiga o‘ta manfaatli taklif bilan chiqqan.
Yulduz hujumchiga 2028 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan, yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan birgalikda shartnoma taklif qilingan.
Muhammad Saloh to‘qqiz yil davomida «Liverpul» sharafini himoya qildi. O‘tgan mavsumda u Arne Slot boshqaruvidagi jamoa safida barcha turnirlarda 41 ta o‘yin o‘tkazib, 12 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Salohga da’vogarlar qatorida avvalroq «Al-Hilol», «An-Nasr», «Al-Ahli» va «Al-Ittihod» klublari tilga olingandi.













