Kirish Ro'yxatdan o'tish

Peresning raqibi «Real»ga Ispaniya terma jamoasi yulduzini olib kelishni va’da qildi

Peresning raqibi «Real»ga Ispaniya terma jamoasi yulduzini olib kelishni va’da qildi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi prezidentligiga nomzod Enrike Rikelme allaqachon kelishuvga erishilgan ikkita yirik transfer haqida yana bir bor gapirib o‘tdi. Florentino Peresning raqibi hozircha futbolchilarning ismlarini oshkor qilmayapti, ammo ishoralar berishda davom etmoqda.

«Shuni ayta olamanki, biz jahon darajasidagi ikkita yulduz futbolchini imzolaymiz. Ispaniya terma jamoasida mening sevimli klubimdan birorta ham futbolchi yo‘qligini ko‘rish menga juda og‘riqli. Agar men «Real» prezidenti bo‘lsam, jamoamizga shu jahon chempionatida ishtirok etadigan ispaniyalik futbolchi keladi», – deya Rikelmening so‘zlarini keltiradi Madrid Zone.

Avvalroq, 37 yoshli biznesmen «Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodrini nazarda tutayotgani taxmin qilingan edi. «Real» prezidentligi uchun saylovlar 7 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 11:45, 29.05.2026.
O'qildi: 3062 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик