Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

Inglizcha foizlar samarasi. Baholar arzonlashdi, daromad esa...

Inglizcha foizlar samarasi. Baholar arzonlashdi, daromad esa...

Baho:
+ | -

APL uchrashuvlarini keyingi uch mavsum davomida namoyish etish huquqi Sky va BT Sport vakillariga 4,465 mlrd. funtga, ya’ni amaldagi bahodan 16 foiz arzonroqqa sotildi.

Ajablanarli jihati shundaki, tushumning kamayishi klublar daromadiga ta’sir etmaydi, ayrim jamoalar hatto ko‘proq olishlari ham mumkin bo‘ladi. Buning asosiy sababi nimada?

Bosh yo‘nalish - tashqi siyosat

Aslida, TV-kelishuvning ichki bozordagi arzonlashuvi mantiqan to‘g‘ri jarayon. APLning ichki va tashqi bozordan oladigan daromadlarida eksport salmog‘i tobora oshib bormoqda. APL tashkil etilgan 1992 yilda Sky bilan imzolangan 5 yillik ilk kelishuvga ko‘ra klublar har mavsum uchun 38 mln. funt ola boshladilar. Legionerlar soni juda oz bo‘lgani sababli xorijliklar bunga ortiqcha e’tibor qaratishmagan, o‘sha davrda texnik imkoniyatlar ham hozirgidek emasdi. Xorijlik futbolchilarning milliy chempionatlarda ishtirok etishlari bo‘yicha taqiq olib tashlangach (1995), legionerlar safi kengayib, xorijiy telekanallarning APLga qiziqishi ortdi. Shuningdek, Yevro-96 turniri va ingliz klublarining YECHLdagi muvaffaqiyatlari ham bunga sezilarli turt-ki bo‘ldi.

Hozir APL bahslari namoyishi evaziga tashqi mijozlardan olinayotgan daromad ichki bozordagidan kam emas, nufuzli chempionat ishtirokchilarining 50 foizi legionerlar, unda barcha qit’alar vakillari to‘p surishmoqda.

So‘nggi paytlarda APL mutasaddilari bir qator xorijiy kelishuvlarga imzo chekdilar: Xitoy bilan 535 mln., Yaqin Sharq va Afrika bilan 400 mln. funtlik bitimlar imzolandi. 2019 yilning mart oyi holatiga APL TV, huquqlari sotuvidan keladigan tushumlar 25 foizga oshib, 4,7 mlrd.ga yetgani e’lon qilindi. Natijada umumiy daromad 8,6dan 9 mlrd. funtga ko‘tarildi.

Nima uchun asosiy e’tibor eksportga qaratilayotganini tushunish qiyin emas: futbol muxlislarining salmoqli qismi xorijda istiqomat qilishadi. Ingliz futbolining xalqaro nufuzi ortganligi TV-huquqlari savdosidan olinadigan daromadlarni yangi mavsumdan boshlab yangicha tizim asosida taqsimlanish davriga to‘g‘ri keldi.

Ma’lumki, ichki tushumlarning 50 foizi jamoalar o‘rtasida teng taqsimlanar, qolgan 25 foizi jamoalarning turnir jadvalidagi yakuniy o‘rinlariga qarab, yana 25 foizi esa uchrashuvlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etiladigan jamoalarga o‘yinlar sonidan kelib chiqqan holda taqsimlanardi. Lekin tashqi daromadlarning teng taqsimlanishi muntazam ravishda xalqaro musobaqalarda maydonga tushadigan yetakchi jamoalar mutasaddilarini qoniqtirmasdi. Chunki ularning qo‘shimcha mehnati rag‘batdan chetda qolayotgandek edi. Taqsimotga tegishli o‘zgarishlar kiritish uchun esa kamida 14ta klub vakillari ovoz berishlari lozim edi. Tabiiyki, o‘rtamiyona jamoalar o‘z ulushlarining kamayishini istamasdilar. Faqat grandlar o‘z Superligalarini tashkil etish rejasini e’lon qilganlaridan keyin barchani birdek qanoatlantira oladigan variantni topish zarur ekanligi oydinlashdi.

Bu murakkab jumboqqa ham yechim topildi: tashqi namoyishlar evaziga olinayotgan daromadlar hisobidan har qaysi jamoaga 39 mln. funtdan ajratilishiga kafolat berildi. Ammo yangi mavsumdan boshlab beriladigan bonuslar jamoalarning turnir jadvalidagi yakuniy o‘rnini inobatga olgan holda belgilanadi. Ya’ni, chempion 23,8 mln. qo‘shimcha mablag‘ olsa, 20-o‘rinni egallagan jamoa 1,19 mln.ga ega bo‘ladi. Shu tariqa autsayderlar ham hech bo‘lmasa bir pog‘ona yuqoriroq o‘ringa ko‘tarilishga urinishlari uchun qo‘shimcha motivasiyaga, top-klublar esa, o‘z navbatida, «moliyaviy feyr-pley»ga to‘laroq rioya qilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Joriy mavsumdagi moliyaviy taqsimot avvalgidek qoladi. Biroq yevrokubok musobaqalarining finallarida APLning 4 vakili maydonga tushishini inobatga olsak, bu jamoalarning qo‘shnilari binoyidek bonuslarga ega bo‘ladilar.

APL uchrashuvlarini Buyuk Britaniyada namoyish etish uchun imzolangan TV-shartnomalar qiymati:

Muddati                  qiymati

                                (mln. funt)

1992-1997            191

1997-2001            670

2001-2004            1200

2004-2007            1024

2007-2010            1706

2010-2013            1773

2013-2016            3018

2016-2019            5136

2019-2022           4465

Manba: IFF
Kiritildi: 10:33, 03.06.2019.
O'qildi: 2641 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.