«Atletiko» hujumchisi Antuan Grizmann hozircha faoliyatini qayerda davom ettirishini bilmasligini aytib o‘tdi.
«Juda yaxshi savol, ammo faoliyatimni qayerda davom ettirishni bilmayman. Vaqti kelsa, ko‘ramiz», – dedi Grizmann.
Avvalroq «Atletiko» yozgi transfer paytida Grizmann jamoani tark etishini tasdiqlagan edi. Uning «Barselona»ga o‘tishi kutilgan edi. Ammo bu transfer amalga oshmasligi mumkin.