Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Virjil van Deyk Ronaldu haqida nimalar dedi?

Virjil van Deyk Ronaldu haqida nimalar dedi?

Baho:
+1 | -
Bo'lim:

Gollandiya terma jamoasi futbolchilari «Millatlar Ligasi» finalida Ronaldu boshchiligidagi Portugaliya terma jamoasi bilan to‘qnash kelishidan xabaringiz bor. Final oldidan «lolar yurti» vakillari tomonidan Ronaldu haqida bildirilgan fikrlar bilan qiziqdik

Ronald Kuman

Ilk yarim finalda Shvetsariya terma jamoasi uchrashuvni kuchliroq boshlagan edi. Shunga qaramasdan Ronaldu yana bir bor super futbolchi eknaligini isbotlab berdi. Biz Portugaliyaga qarshi kechadigan bahsda raqiblarni to‘psiz qoldirishga xarakat qilamiz. Agar to‘p bizda bo‘lsa, Ronaldu bizning darvozamizga yaqin kela olmaydi.

Frenki de Yong

Biz doimo yelkama-elka harakat qilamiz va hech qachon taslim bo‘lmaymiz. Biz Angiliya termasini mag‘lubiyatga uchratishdan avval ham irodali g‘alabalarni qo‘lga kiritganmiz. Raqiblarimiz safida bir nechta kuchli futbolchilar jamlangan. Ularning yarim finaldagi o‘yinlarini ozgina tomosha qildim. Ronaldu bir o‘zi jamoasini finalga olib chiqdi. Shunday ekan, uni uchrashuv davomida yaxshilab qo‘riqlashimiz shart.

Van De Bek

Ronaldu chinakam yirtqich. U raqib himoyasini yorib o‘tish borasida professor desam, adashmagan bo‘laman. Uning ikki futbolchi o‘rtasidan ham osonlik bilan yorib chiqishini ko‘p bor guvohi bo‘lganmiz. Men avval ham Krishga qarshi maydonga tushganman va ijobiy natijani qo‘lga kiritganman. Endi bu ishni yana takrorlashim zarur, faqat  terma jamoam safida. Ronaldu tengsiz futbolchi,  biroq Portugaliya «Yuventus»dan kuchsizroq!

Virjil van Deyk

Portugaliya deganda  ko‘pchilikning hayoliga birinchi navbatda Ronaldu kelishi turgan gap. Shunday bo‘lsada, Portugaliya faqat Ronaldudan iborat emas. Uning  safida ko‘plab kuchli futbolchilar mavjud. Boz ustiga murabbiy ulardan ajoyib foydalanmoqda. To‘g‘ri, u Shvetsariya darvozasini 3 bor ishg‘ol qildi, lekin ishonch bilan aytishim mumkin u bizning darvozamizga uchta gol ura olmaydi. Biz unga qarshi qanday uchrashuv o‘tkazishni yaxshi bilamiz. Terma jamoamizdagi yigitlarning aksariyati unga qarshi maydonga tushishga muvaffaq bo‘lgan. Bu tomoshabop final bo‘lishiga shubham yo‘q. Uchrashuvni sabrsizlik bilan kutyapman. Biz terma jamoa libosini kiyishimiz bilan bu sovrinni boshimiz uzra baland ko‘tarish haqida o‘ylayapmiz. Bir qarashda bu uchrashuvda fovorit yo‘qdek tuyular, ammo biz chempionlikka ko‘proq haqliroqdek ko‘rinmoqdamiz, deb hisoblayman.

Manba: Foot Bazza
Kiritildi: 13:11, 08.06.2019.
O'qildi: 12777 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.