Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 1-1 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

O‘FA: Bugun O‘zbekistonda haqiqiy futbol bayrami bo‘ldi

O‘FA: Bugun O‘zbekistonda haqiqiy futbol bayrami bo‘ldi

Baho:
+ | -

Bugun mamlakatimiz bo‘ylab haqiqiy futbol bayrami bo‘lib o‘tdi. Milliy terma jamoa muxlislar bilan to‘lgan "Milliy" stadionda Suriya terma jamoasini "er tishlatdi".

Yodingizda bo‘lsa, Ektor Kuper milliy terma jamoamizga bosh murabbiy etib tayinlangach, dastlabki o‘rtoqlik o‘yinini aynan Suriya terma jamoasiga qarshi o‘tkazib, 1:1 hisobida durangga erishgandi. Bugun g‘alaba qozonildi.

Eng muhimi darvozamiz daxlsizligi saqlab qolindi. Kuper birinchi navbatda himoyada tartib o‘rnatishga asosiy e’tiborni qarataman, degandi. O‘tkazilgan o‘rtoqlik o‘yinlari himoyada tartib yuzaga kelayotganini ko‘rsatmoqda. To‘g‘ri, hali xatolar, kamchiliklar bor. Lekin eng muhimi Kuper jamoani endi qabul qilib olgan paytga solishtiradigan bo‘lsak, terma jamoamizda ancha o‘sish ro‘y berganini guvohi bo‘lishimiz mumkin.

Buni bugun "Milliy" stadioniga tashrif buyurgan 32 ming nafardan ortiq muxlislar ham payqashdi. Darvoqe, muxlislar haqida. Bugun ular chin ma’noda 12-o‘yinchi bo‘lishdi. Qo‘lga kiritilgan g‘alabada, shubhasiz, ularning ham hissasi katta.

Kuper haqiqiy professional, atrofdagilardan ham professionallikni talab qiladi. Uning talabiga muvofiq barcha FIFA kunlaridan unumli foydalanib kelinmoqda. O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Xalqaro aloqalar departamenti tomonidan ko‘plab terma jamoalar bilan muzokaralar o‘tkazilib, terma jamoalarimiz uchun sparring raqiblar bo‘yicha kelishuvga erishilmoqda.

Jumladan, mart va iyun oylarida Urugvay, Turkiya kabi kuchli terma jamoalarga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari tashkil qilindi. Iyun oyidagi FIFA kunlarida uchta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazildi. Turkiya, KXDR va Suriyaga qarshi. Bu o‘yinlar sentyabrda boshlanadigan Jahon chempionati uchrashuvlaridan oldin milliy terma jamoamiz murabbiylari shtabi uchun juda foydali bo‘ldi, deb bemalol ayta olamiz.

Kuper mazkur o‘rtoqlik o‘yinlarida tarkibga jalb qilingan deyarli barcha futbolchini sinab ko‘rdi. O‘ziga yarasha xulosalar qilib oldi. Quvonarlisi, har bir chiziq uchun bir necha nomzod futbolchi bor.

Terma jamoa birgina futbolchiga bog‘lanib qolayotgani yo‘q. Buning ustiga, iyun oyidagi o‘rtoqlik o‘yinlarida tarkibdagi barcha hujumchilar gol kiritishganini ham alohida ta’kidlash kerak. Bu esa eng og‘riqli nuqtamiz bo‘lgan hujum chizig‘idagi muammolar ham asta-sekin bartaraf etilayotganidan darak beradi.

Milliy terma jamoadan tashqari bugun Olimiya terma jamoasi ham o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi. Kuchli terma jamoalardan biri bo‘lgan Misrga qarshi. Andijondagi dastlabki o‘rtoqlik o‘yini kabi Namangandagi bugungi uchrashuvda ham vakillarimizning qo‘li baland keldi. "Markaziy" stadioniga tashrif buyurgan muxlislar bir zum ham tinmay, olimpiyachilarimizni qo‘llab-quvvatlab turishdi. Buning uchun ularga rahmat!

Olimpiya terma jamoamiz ham muhim musobaqaga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Misr kabi kuchli raqibga qarshi kechgan o‘rtoqlik o‘yinlari murabbiylarga tarkibni shakllantirish uchun ancha foydali bo‘lishi aniq.

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi barcha yoshdagi terma jamoamiz a’zolariga kuchli raqiblar bilan o‘rtoqlik o‘yinlari tashkil qilishda davom etadi.

Endilikda 17 iyul sanasini kutamiz. Shu kuni sentyabrda boshlanadigan JCH-2022 2-saralash bosqichidagi raqiblarimiz nomini bilib olamiz. Umid qilib qolamizki, rasmiy uchrashuvlarda terma jamoalarimiz bundan ham chiroyli va eng muhimi samarali o‘yin namoyish qilishadi!

Manba: UFA
Kiritildi: 02:56, 12.06.2019.
O'qildi: 6518 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.