Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

Amerika kubogi. Yaponiya Urugvay bilan o‘yinda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

Baho:
+ | -

Amerika kubogi guruh bosqichining 2-turi doirasidagi yana bir qiziqarli o‘yin Urugvay va Yaponiya terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.

Chiliga qarshi dastlabki tur bahsida yaxshi o‘ynaganiga qaramay yutqazib qo‘ygan "samuraylar" bu safar ochko olishga muvaffaq bo‘lishdi. Ular urugvayliklarga qarshi to‘qnashuvda o‘z imkoniyatlaridan samarali foydalanishdi. O‘yinning 25-daqiqasida Miyesi bir himoyachini aldab o‘tdi va o‘tkir burchak ostida aniq zarba berib, hisobni ochdi.

Oradan ko‘p o‘tmasdan hakam VAR tizimi yordamida osiyoliklar darvozasi tomon penalti belgiladi. Luis Suares 11 metrli zarbadan hisobni tenglashtirdi.

Janubiy amerikaliklar tanaffusga hisobda oldinga chiqqan holda yo‘l olishlari mumkin edi. Ammo olis masofadan yo‘llangan zarbadan so‘ng to‘p to‘singa tegib qaytdi. Ikkinchi bo‘lim boshida esa hakam Urugvay darvozasi tomon penalti belgilashi mumkin edi. Ammo u qoidabuzarlikni e’tiborga olmadi.

O‘yinning 59-daqiqasiga kelib yaponlar chap qanotdan hujum tashkil qilishdi va darvozabon qaytargan to‘pni yana o‘sha Miyesi darvozaga joylab, jamoasini yana oldinga olib chiqdi.

Oradan 7 daqiqa o‘tib burchakdan yetkazilgan uzatmani Ximenes bosh bilan Yaponiya darvozasiga joyladi va muvozanatni tikladi.

Shu tariqa, ikkinchi turdan so‘ng Urugvay 4 ochko bilan peshqadamga aylangan bo‘lsa, Yaponiya 1 ochko bilan 3-o‘rinni egallab turibdi.

Amerika kubogi, "S" guruhi, 2-tur
Urugvay – Yaponiya 2:2 (1:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 25 Miyesi, 1:1 – 32, penalti Suares, 1:2 – 59 Miyesi, 2:2 – 66 Ximenes.
Urugvay – Muslera, Kaseres, Ximenes, Godin, Laksalt (Gonsales, 28), Nandes (de Arraskaeta, 60), Torreyra, Bentankur, Lodeyro (Valverde, 73), Suares, Kavani.
Yaponiya – Kavasima, Ivata (Tasuta, 87), Ueda, Tomiyasu, Sugioka, Miyesi (Kubo, 83), Sibasaki, Itakura, Nakadzima, Okadzaki, Abe (Ueda, 67).
Ogohlantirishlar: Ueda (31), Nakadzima (78).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 07:36, 21.06.2019.
O'qildi: 6063 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик