Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

«Dinamo» - «Lokomotiv»: kimning an’anasi davom etadi?

«Dinamo» - «Lokomotiv»: kimning an’anasi davom etadi?

Baho:
+ | -

Superligada bu safar ham aynan Samarqanddagi uchrashuv bilan turga start beriladi. So‘ngi turda “Surxon” jamoasini 5:1 hisobida mag‘lub etgan “Lokomotiv” ushbu turda Samarqandda “Dinamo” mehmoni bo‘ladi.

Amaldagi chempion sanalmish “Loko” 10 turdan buyon mag‘lubiyat nimaligini bilmayotgan bo‘lsa, “Dinamo” jamoasi ushbu mavsumda Samarqandda hali mag‘lubiyatga uchragani yo‘q.

Kim qanday holatda?

Yil boshida ikki xil vaziyatda bo‘lgan ushbu jamoalar mavsumni turlicha boshlashdi. OCHLga tayyorgarlik ko‘rgan “Lokomotiv” 11 o‘yindan keyin 7 g‘alaba, 3 durang, 1 ta mag‘lubiyat bilan 24 ochko jamlab, 2-o‘rinda borayotgan bo‘lsa, Pro-Ligaga tayyorgarlik ko‘rgan va yakunda Superligada ishtirok etayotgan “Dinamo” 11 o‘yindan keyin 3 g‘alaba, 6 durang, 2 mag‘lubiyat bilan 15 ochko bilan 8-pog‘onadan joy olgan.

“Dinamo”ning so‘nggi besh turdagi o‘yini:

7-tur. “Andijon” – “Dinamo” – 2:2
8-tur. “Dinamo” – AGMK – 1:0
9-tur. “Buxoro” – “Dinamo” – 0:0
10-tur. “Dinamo” – “Qizilqum” – 2:2
11-tur. “Qo‘qon-1912” – “Dinamo” – 2:2

“Lokomotiv”ning so‘nggi besh turdagi o‘yini:

7-tur. “Lokomotiv” – “Qo‘qon-1912” – 2:2
8-tur. “Metallurg” – “Lokomotiv” – 0:0
9-tur. “Lokomotiv” – “Bunyodkor” – 0:0
10-tur. “Nasaf” – “Lokomotiv” – 0:1
11-tur. “Lokomotiv” – “Surxon” – 5:1

Eski tanishlar: Anzur va Jamshid...

“Lokomotiv” safidagi aksariyat futbolchilar professional faoliyatini aynan “Dinamo”da boshlagan. Jumladan, “Lokomotiv” va terma jamoamiz himoyachisi Anzur Ismoilov 15 yil avval aynan “Dinamo” safidagi o‘yinlari bilan tanilgan bo‘lsa, yarimhimoyachi Jamshid Iskanderov ham Oliy Ligadagi ilk uchrashuvlarini 2011 yilda aynan “Dinamo” safida o‘tkazgan. "Dinamo" safida esa avval "Lokomotiv"da to‘p surgan futbolchilar yo‘q.

O‘zaro o‘yinlar: Ustunlik kimda?

“Dinamo” va “Lokomotiv” Oliy Ligada 24 marta to‘qnash kelishgan. “Dinamo” 10 ta o‘yinda g‘olib bo‘lgan, 3 ta o‘yin durang hisobida yakunlangan. “Lokomotiv” “Dinamo”ni hozirga qadar 11 marta mag‘lub eta olgan. To‘plar nisbati “Loko” tomonida - 34:37. O‘zaro o‘yinlarda “Dinamo” 33, “Lokomotiv” esa 36 ochkoni qo‘lga kiritgan.


“Lokomotiv”ning o‘zaro o‘yinlarda qozongan eng yirik g‘alabasi – 5:1 ga teng. “Dinamo”da bu ko‘rsatkich yanada kattaroq – 5:0. 2009 yilgi bahsda Azamat Abduraimov boshchiligidagi «Dinamo» Ilhom Yunusov, Devid Oniya, Andrey Akopyans, Erkin Boydullayev, Bahodir Nasimovlarning Filimonov darvozasiga kiritgan gollari evaziga «Loko»ni 5:0 hisobida mag‘lub etishgan.

Samarqanddagi o‘zaro so‘nggi uchrashuvlarda qayd etilgan natijalar:
19.11.2017 «Dinamo» - «Lokomotiv» 1:5
16.04.2015 «Dinamo» - «Lokomotiv» 0:1
06.06.2014 «Dinamo» - «Lokomotiv» 1:2
29.09.2013 «Dinamo» - «Lokomotiv» 1:0
30.06.2012 «Dinamo» - «Lokomotiv» 0:1
17.04.2010 «Dinamo» - «Lokomotiv» 2:0
20.06.2009 «Dinamo» - «Lokomotiv» 5:0

Fakt...
«Dinamo» so‘nggi marta 2013 yilda San’at Shixovning 90+3-daqiqada kiritgan goli evaziga «Lokomotiv»ni mag‘lub eta olgan.

Manba: www.fcdinamo.uz
Kiritildi: 10:29, 21.06.2019.
O'qildi: 2872 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.