Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Mirjalol Qosimov: «Iste’fo? Bu sizga qiziqmi?»

Mirjalol Qosimov: «Iste’fo? Bu sizga qiziqmi?»

Baho:
+1 | -

Superliganing 12-turi doirasidagi "Andijon" - AGMK uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida dastlab mehmonlar ustozi Mirjalol Qosimov qatnashdi.

- Bugun qiziqarli va qiyin o‘yin bo‘ldi. Oldin ham aytib kelganman Andijon oxirigacha kurashadigan jamoa.  Futbol shunisi bilan qiziq. O‘yinni yomon boshlamadik, ammo birinchi bo‘lim oxiriga kelib biroz jamoa ustunlikni berib qo‘ydi. Yana standart vaziyatidan gol o‘tkazdik. Lekin shunga qaramasdan yigitlar o‘zlarida kuch topa bilishdi va yana gol urib, haqli ravishda g‘alaba qozondik. Manimcha, muxlislarga ham qiziqarli o‘yin bo‘ldi deb o‘ylayman. Bu safardagi ilk g‘alabamiz edi. Bugun bizga g‘alaba suv va havodek zarur edi. Shuningdek qaytarman hali qiladigan ishlar ko‘p.

Bugun birinchi bo‘limda Polvonovda gol urishidan tashqari yana ikkita judayam qulay imkoniyat bo‘ldi, ammo foydalana olmadi. Futbol shunisi bilan qiziq. Agar hujumchi imkoniyatlardan gol ura olmasa, futbolchilarda baribir gol o‘tkazib yubormaslik haqida fikr bo‘ladi va ruhan futbolchilar qiynaladi. Agar birinchi goldan keyin tezroq ikkinchi golni urganida, keyinchalik xotirjamroq o‘ynashimiz mumkin edi. Futbol shunaqa “San urmasang, sanga urishadi”. Qaytaraman biz bu yerga faqat g‘alaba uchun kelgandik. Ortga yo‘l yo‘q.

- “Andijon”da doim muvaffaqiyat qozonasiz, buni qandaydir siri bormi?

(kuladi) Buni hech qanday siri yo‘q. Bugun shunchaki omad bizga kulib boqdi. Hisob 1:1 vaziyatda "Andijon" gol urganida, hammasi boshqachabo‘lishi mumkin edi. Shu uchun ham futbolni bekorga millionlar o‘yini deyishmasasa kerak. Kutilmagan hodisalar ko‘p ruy beradi.

- Ketma-ket mag‘lubiyatlardan so‘ng o‘z xohishingiz bilan jamoadan ketmoqchi bo‘lgandingiz. Agar jamoa yana mag‘lubityaga uchrasa, iste’fo so‘rashingiz mumkinmi?

- Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Iste’fo? Bu sizga qiziqmi? Ketishim qiziq-a. Agar jamoa g‘alaba qozonaversa, hammasi yaxshi. Agar jamoa sal oqsalanib qolib, yutqazaversa, unda murabbiy aybdor. Uchinchi yo‘l yo‘q. Men xo‘jako‘rsin uchun ishlaydigan murabbiy emasman. Yoki unaqa, yoki bunaqa. Agarda eplolmasam, mard bo‘lib ketaman. Bundayn uyaladigan joyim ham yuq. Qayergadir borishdan oldin, qaytishni ham o‘ylayman.

Istalgan ishda barchada shunday. Shunchaki bizning soha ommabop o‘yin va bizning ish ommada muhokama qilinadi. Hayotimizda barchasi shunaqa. Albatta muxlislar doim yutuqni xohlaydi., lekin nima bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi. Ertaga nima bo‘ladi Xudo  bildai. Biz ishlashda davom etamiz. Muxlislarni xursand qilish, rahbarlarni ko‘nglini ko‘tarish uchun harakat qilamiz. Chunki ular bizga ishonch bildirishyapti.

- Siz legioner tanlashdi kam xato qiladigan murabbiylardansiz, ammo bu safar jamoaga ikkita Serbiyadan legioner keldi birinchi davra tugayapti, biroq ular yorqin o‘yin ko‘rsatmayapti.

Bu haqida gapiraman desam, to‘g‘risi gap ko‘p. Bu haqida ertalabdan kechgacha gapirsa bo‘ladi. Haqiqatdan ham men doim ularni tanlashda ehtiyotkor bo‘lib, chertib-chertib olardim. Yuozorga borsangiz  qovun olganda bemalol chertib, tekshirib olasizku, to‘g‘rimi? Agar shoshayotgan bo‘sangiz, tezda chertmasdan olib ketaverasiz . Ammo vaqt tig‘izligi tufayli tekshirib olishga imkon bo‘lmadi. Shuningdek kimgadir ishondim, videoro‘liklarga aldandim. Aniq aytaman bu mening 200% aybim. Bundan keyin chertmasdan olmayman.

- AGMKning vazifasi nima? Jamoa oldiga qanday maqsadlar qo‘yilgan?

Jamoaning vazifa har bir o‘yinda g‘alaba uchun kurashish va muxlislarni xursand qilish.

- Birinchi davra tugashiga 1ta tur qoldi. Jamoa tanaffusda seleksiya ishlarini qay daraja olib boradi ?

Shu narsa haqida bosh qotirayotgan edik.  Avvallari birinchi va ikkinchi davra oralig‘ida qandaydir vaqt bo‘lardi. Hozir esa 2 hafta muddat bor. Futbolchilarga hordiq chiqarish uchun fursat beriladi. Yangi futbolchilarni tekshirib olish uchun imkoniyat kam. Boshqa jamoalarda o‘ynayotgan futbolchilarni taklif etish niyati bor, ammo ularni ham o‘z jamoalarida shartnomalari bor.

 Hozirgi kunda futbolchilar birinchi shartnoma, keyin o‘ynayman deyishga o‘rganib olishgan. Bir tomonlama. Futbolchilar esa hozir shartnoma imzolab oladi, keyin esa o‘ynaydi yoki yo‘q. Nimadir bo‘lsa esa federasiyaga yozishni o‘rganib olishgan. Bizlarni vaqtimizda bunday narsalar yo‘q bo‘lgan. Biz o‘ynagan vaqtda federasiyaga yozish nimaligini bilmasdik.Faqatgina imzo qo‘yardik. Hozirgi kunda esa futbolchilarning federasiyaga yozishi odatga aylanib qoldi. Futbolchi ham imzolangan shartnomani oqlashi kerak-ku. Erkak kishida lafz degan narsa bo‘lishi kerak. Odamlarda bet degan narsa ham bo‘lishi kerakda”, -deya Mirjalol Qosimov so‘zlarini keltiradi Stadion.uz muxbiri Jaloliddin Qobiljonov.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 02:39, 23.06.2019.
O'qildi: 6895 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.