Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/07 02:00 Fransiya 4-6 Angliya
19/07 23:59 Ispaniya 1-0 Argentina
21/07 20:00 Buxoro - Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor - Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona - Neftchi

Buffon «Yuventus»ga qaytadi

Buffon «Yuventus»ga qaytadi

Baho:
+ | -

«PSJ» klubi sobiq darvozaboni Janluidji Buffon «Yuventus»ga qaytishga yaqin turibdi.

41 yoshli posbon turinliklar bilan muzokara olib bormoqda. U jamoaning asosiy darvozaboni Voychex Shchensniga o‘rinbosarlik vazifasini o‘tashga rozi bo‘ldi.

Hozirda jamoaning ikkinchi posboni hisoblangan Mattia Perin yozgi transfer paytida katta ehtimol bilan «Yuve»ni tark etadi. U klub safida bir yil faoliyat yuritdi.

Buffon 17 yil davomida «Yuventus» sharafini himoya qilib, 2018 yilning yozida erkin agent sifatida «PSJ»ga o‘tgan edi. Liga 1 musobaqasida italiyalik futbolchi 17ta o‘yinda maydonga tushib, Fransiya chempioniga aylandi. Mavsum yakunlanganidan keyin Buffon «PSJ»ni tark etdi.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 08:14, 26.06.2019.
O'qildi: 4779 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик