"Yang Boys" yarim himoyachisi Jibril Sov Bundesliga jamoasiga ko‘chib o‘tdi.
22 yoshli Shvesariyalik futbolchi "Ayntraxt"da o‘z faoliyatini davom ettiradi va u bilan besh yillik shartnoma imzolangan. Bu haqda klubning rasmiy sayti xabar bermoqda.
Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan mavsumda "Yang Boys" safida Sov 28 ta o‘yinda 3 ta gol urgan va 5 ta gollik pas bergan.SHuningdek, futbolchi avval Menxengladbaxning "Borussiya" safida to‘p surgan.