Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/03 01:00 Arsenal 2-2 PSV
13/03 01:00 Aston Villa 3-0 Bryugge
13/03 01:00 Atletiko 1-0 Real Madrid
14/03 19:30 Buxoro 1-0 Qizilqum
14/03 19:30 Neftchi 0-0 Qo‘qon-1912
15/03 00:45 Jenoa - Lechche
15/03 01:00 Las-Palmas - Alaves
15/03 17:55 Sho‘rtan - Bunyodkor
15/03 18:00 Valyadolid - Selta
15/03 19:00 Monsa - Parma
15/03 19:00 Udineze - Verona
15/03 19:30 Andijon - Nasaf
15/03 20:00 Everton - Vest Xem
15/03 20:00 Ipsvich - Nottingem Forest
15/03 20:00 Manchester Siti - Brayton
15/03 20:00 Sautgempton - Vulverhempton
15/03 20:15 Malyorka - Espanyol
15/03 20:15 Dinamo - Mash’al
15/03 22:00 Milan - Komo
15/03 22:30 Vilyarreal - Real Madrid
15/03 22:30 Bornmut - Brentford

Neymar «Barselona»ga qaytadimi? Ronaldu javob berdi

Neymar «Barselona»ga qaytadimi? Ronaldu javob berdi

Baho:
+2 | -

Neymarning «Barselona»ga qaytishi borasidagi vaziyat oydinlashganicha yo‘q. Bugun aynan shu mavzu to‘g‘risida futbol olamidagi mashxur insonlarning fikrlari bilan qiziqdik.

Rivaldo

Neymarning ortga qaytishi «Barselona»ga ham uning o‘ziga ham foydali bo‘lgan bo‘lar edi. Kataloniya klubi safida u dunyoning eng kuchli futbolchisiga aylanishi mumkin. Afsuski, klub muxlislarning 70 foizi uning ortga qaytishiga qarshi. Shunday bo‘lsada, «Real Madrid» ustidan qozonilgan g‘alaba yoki YECHLda g‘olib chiqish orqali Neymar hammaning yuragidagi nafratni mehrga aylantirib yuborishi mumkin.
U aynan futbol o‘ynaydigan yoshga yetdi. Ortga qaytish va katta yutuqlarni qo‘lga kiritish uchun ayni payti. O‘ylashimcha «Barselona» Neymar yordamida yana trebl qayd etishi mumkin. Bu transfer amalga oshishiga zarracha shubham yo‘q!

Suarez

Men baxtli insonlar sirasiga kiraman. Sababi, dunyoning eng kuchli futbolchisi sanaladigan Leo Messi va eng kuchlilar orasida 2-pog‘onadagi super yulduz Neymar bilan bir jamoada to‘p surishga muvaffaq bo‘lganman. Kim ham Neymar bilan birga o‘ynashni istamaydi deb o‘ylaysiz?! Bunaqa futbolchi topilmasa kerak. Hozirda u «PSJ»ga tegishli futbolchi. Shunday bo‘lsada, u yana ortga qaytishiga ishonaman.

Xavi

Bu ajoyib transfer bo‘lgan bo‘lar edi. O‘ylashimcha «PSJ» klubi Neymarning bor imkoniyatlarini ochib bera oladigan darajada kuchli chempionatda to‘p surmaydi. Bundan tashqari «PSJ» bir necha bor murabbiy tanlashda adashdi. Bu esa, tarkibdagi eng kuchli futbolchidan foydalana olmaslikka olib keldi. Hamma aybni Neymarga ag‘darish ham insofdan emas. Braziliyalik futbolchining ortga qaytishi o‘z kariyerasini yangilab olish va Messi futboldan ketgach qirol bo‘lish uchun imkon yaratadi. «PSJ»dan farqli o‘laroq «Barsa» Neymardan foydalanishni biladi. Afsuski, bu transferni amalga oshirishning iloji yo‘q.

Gvardiola

Neymar iqtidorli futbolchi. Shunday bo‘lsada, uning ortga qaytishi jamoa uchun foydali bo‘ladimi, yoki yo‘q, buni ayta olmayman. Bu huddi men «Barsa»ga qaytganimdek gap. Men endi avvalgi Pep emasman. Huddi men kabi u ham avvalgi Neymar emas. Shunday bo‘lsada, uning ajoyib futbolchi ekanligiga shubham yo‘q.

Messi

Biz uning ortga qaytishini juda istasakda, bu transfer amalga oshishi ehtimoli juda past. Biz u bilan do‘stmiz va bir oiladek yaqinmiz. U bilan juda ko‘p shirin xotiralarimiz mavjud. Albatta, u bilan yana birga bo‘lishni juda istaymiz. Uning qaytishi klubimiz uchun foydali bo‘lgan bo‘lar edi. Shunday bo‘lsada, uning transfer summasini to‘lashning hozirda deyarli iloji yo‘q.

Ronaldu

Menimcha men Neymar borasidagi transfer haqida aniq so‘z ayta olaman. Agarda Neymarning transferi uchun «Barselona»da mablag‘ bo‘lsa, bu amalga oshadi. Aks xolda bilingki futbochi uchun «Barselona»da pul yo‘q!

Manba: Foot Bazza
Kiritildi: 00:09, 13.07.2019.
O'qildi: 20901 marta.
Fikrlar: 16 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.
MyCounter - счётчик и статистика

Топ рейтинг www.uz