Kirish Ro'yxatdan o'tish

Bugun Budapeshtda qilichbozlik bo‘yicha JCH start oladi

Bugun Budapeshtda qilichbozlik bo‘yicha JCH start oladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

O‘zbek sporti muxlislarining nigohi yana Budapesht shahriga qaratiladi. O‘tgan hafta ushbu shahar dzyudo bo‘yicha Gran-pri musobaqasini qabul qilgan bo‘lsa, bugundan e’tiboran qilichbozlik bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. 23 iyulgacha davom etadigan mazkur musobaqada sayyoramizning eng kuchli qilichbozlari jahon chempionligi va Tokio Olimpiadasining qimmatli reyting ochkolari uchun kurash olib borishadi.

Reglamentga ko‘ra, bugun musobaqa doirasida ayollar o‘rtasida shpaga, erkaklar o‘rtasida sablya yo‘nalishi bo‘yicha bahslar o‘tkaziladi. Shpagachilarimizdan Malika Hakimova, sablyachilarimizdan Sherzod Mamutov, Pazilbek Genjebayev hamda Boburjon Rasulov bugun bo‘lib o‘tadigan saralash bellashuvlarida ishtirok etishadi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 20:51, 15.07.2019.
O'qildi: 2690 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик