Toshkentning «Paxtakor» klubi sobiq hujumchisi Valeriy Kechinov O‘zbekiston milliy terma jamoasiga Jahon chempionati oldidan italiyalik mutaxassis Fabio Kannavaroning bosh murabbiy etib tayinlanganini unchalik mantiqiy qaror bo‘lmaganini ta’kidladi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi o‘z tarixidagi ilk Jahon chempionatida guruh bosqichida Kolumbiyaga (1:3), Portugaliyaga (0:5) va Kongo DRga (1:3) mag‘lub bo‘lib, pley-off bosqichiga yo‘llanma olmadi. Jamoani Jahon chempionatiga Timur Kapadze olib chiqqan edi. Biroq 2025 yil oktyabrida uning o‘rniga Fabio Kannavaro tayinlangan.
«Jamoani Jahon chempionatiga olib chiqqan bosh murabbiy ishdan ketkazilib, uning o‘rniga bu yo‘lda hech qanday hissa qo‘shmagan, ammo nomdorroq murabbiy kelsa, bu biroz g‘alati ko‘rinadi. Bu rahbariyatning qarori edi, ular shu yo‘l jamoa uchun yaxshiroq bo‘ladi, deb o‘ylashdi. Ammo ko‘rganimizdek, mo‘’jiza ro‘y bermaydi.
Jamoaga mahorat, tajriba va hissiyotlarini nazorat qilish qobiliyati yetishmadi. Bunday muhit, e’tibor va bosimga har qanday futbolchi ham ruhiy jihatdan dosh bera olmaydi. Shu jihatlarning barchasida jamoa tayyor emas edi. Qolaversa, ular juda kuchli guruhdan o‘rin olgandi», — dedi O‘zbekiston terma jamoasi safida uchta uchrashuv o‘tkazgan Kechinov.













