Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/01 00:45 Lasio 1-1 Komo
11/01 01:00 Rayo Valyekano 2-1 Selta
11/01 18:00 Alaves 0-1 Jirona
11/01 19:00 Empoli 1-3 Lechche
11/01 19:00 Udineze 0-0 Atalanta
11/01 20:15 Valyadolid - Betis
11/01 22:00 Torino - Yuventus
11/01 22:30 Espanyol - Leganes
12/01 00:45 Milan - Kalyari
12/01 01:00 Sevilya - Valensiya
12/01 16:30 Jenoa - Parma
12/01 18:00 Las-Palmas - Xetafe
12/01 19:00 Venetsiya - Inter
12/01 20:15 Atletiko - Osasuna
12/01 22:00 Bolonya - Roma

Superliga. Iyun oyining eng yaxshi darvozaboni aniq bo‘ldi

Superliga. Iyun oyining eng yaxshi darvozaboni aniq bo‘ldi

Baho:
+ | -

Bilasiz, O‘zbekiston Professional futbol ligasi 2018 yilgi mavsumning har oyidan keyin to‘rt yo‘nalish bo‘yicha eng yaxshilarni aniqlab keldi: eng yaxshi murabbiy, eng yaxshi futbolchi, eng yaxshi darvozabon va eng chiroyli gol. Tashkil etilgan so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra eng ko‘p ovoz to‘play olgan nomzodlar tashkilotning eng yaxshilar uchun atalgan statuetkalarini qabul qilib olishdi.

2019 yilgi mavsumda ham mazkur an’anani davom ettiramiz. Joriy yildan e’tiboran Tribuna.uz nashri oy laureatlarini aniqlashda axborot hamkori sifatida ishtirok etadi. Artel  savdo belgisi esa oyning eng yaxshilariga o‘z smartfonlarini taqdim etadi.

Eng yaxshilarni aniqlash shartlari o‘zgarmaydi. Coca Cola Superliganing 14 klubi bosh murabbiylari hamda sardorlari ko‘rsatilgan nomzodlarni uchtalikka joylashtirib chiqadi. Dastlabki o‘rinda ko‘rsatilgan nomzod 3, mos ravishda keyingi ikki o‘rindagilar 2 va 1 ochkolik bo‘ladi. Shuningdek, Tribuna.uznashri futbol muxlislari o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazdi. Bunda muxlislar ovozi katta ahamiyatga ega bo‘lib, birinchi o‘rinni egallagan nomzod 6, mos ravishda keyingilar 4 va 2 ochkodan qo‘lga kiritadi. Yakunda eng ko‘p ball to‘plaganlar oyning eng yaxshilari sifatida e’tirof etiladi.

Ortda qolgan iyun oyida Coca Cola Superligada 4 ta tur uchrashuvlari o‘tkazildi.  Mazkur uchrashuvlar davomida bir qator jamoalar mazmunli o‘yin namoyish etib, muxlis-u mutaxassislar olqishiga sazovor bo‘ldi.

Oyning eng yaxshilarini aniqlash maqsadida o‘tkazilgan so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra, “Nasaf” jamoasi posboni Umidjon Ergashev (3 o‘yin, 2 quruq o‘yin, 4 seyv) eng ko‘p ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi va iyun oyining eng yaxshi darvozaboni deya e’tirof etildi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 22:59, 18.07.2019.
O'qildi: 3441 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.