Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma 0-0 Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Rus futbolining yangi yulduzi bilan qiziqarli suhbat

Rus futbolining yangi yulduzi bilan qiziqarli suhbat

Baho:
+ | -

Asli kelib chiqishi Qirg‘izistonlik bo‘lgan Ilzat Ahmetov zamonaviy Rus futbolining kelajagi deb hisoblanmoqda. Hozirda u Rossiya va MDX davlatlarida juda mashhur. Yosh bo‘lishiga qaramasdan Rossiya va Qirg‘iziston terma jamoalaridan chaqiruv olgan futbolchi Rossiya uchun to‘p surishni tanlaganidan xabaringiz bor. Buguna aynan shu futbolchi bilan qiziqarli suhbatni e’tiboringizga taqdim etamiz

Kitob o‘qishi haqida

To‘g‘ri, men kitob o‘qishni juda xush ko‘raman, biroq menda bu uchun doim ham vaqt topilavermaydi. Shunga qaramasdan shu kunlarda italiyalik futbolchi Andreya Pirloning o‘zi haqida yozgan avtobiografiyasini o‘qib chiqdim. Yengil, o‘qilishi tez va uni o‘qib chiqdim. Buyuk yarim himoyachining bosib o‘tgan yo‘li bilan tanishib chiqdim. Menga shunday janrdagi kitoblar yoqadi. Mashxur insonlarning ichki kechinmalari haqida bilish, ularning katta hayotda bosib o‘tgan yo‘lidan nimadir o‘rganish men uchun juda muhim. Hozirda «Omad sirlari» nomli kitobni mutolaa qilyapman.

Musiqa haqida

Asosan Rus va xorij estradasini tinglayman. Ba’zan esa rep yo‘nalishidagi qo‘shiqlar ham eshitib turaman. Umuman olganda, biz ko‘pincha yo‘lda bo‘lganimiz tufayli har qanday uslubdagi musiqani tinglayveramiz (kuladi)

Yoqtirgan taomlari

Albatta milliy taomlarimizni hush ko‘raman. Ular orasida qovoqli manti va palovni juda sevib iste’mol qilaman. Ha aytgancha, bizda lag‘monni ham ajoyib tayyorlashadi. Afsuski, bu taomlar kuchli kaloriyaga ega bo‘lgani uchun har doim ham tanovul qila olmayman. Fast – food borasida gapirmasam ham bo‘ladi. O‘zi bunday ovqatlarni o‘zim ham hush ko‘rmayman. Bir yilda bir marotaba yesam ham katta gap. Bizda futbolchining rasioni juda qattiq tekshiriladi.

Yoqtirgan futbolchisi haqida

So‘zsiz Krishtiyanu Ronaldu! Bolaligimdan shu futbolchining muxlisiman. U mening kumirim hisoblanadi. Uning g‘alabaga chanqoqligi va kurashuvchanligiga qoyil qolmasdan ilojim yo‘q. Uning mehnatkashligi ko‘pincha meni o‘z ustimda ishlashga undaydi.

Uning Messi bilan nima farqi bor?

Ikkisi ham buyuk futbolchilar! Bu ikki futbolchi qayd etayotgan natijalarga boshqa futbolchilar yaqin orada yetib olishlari ilojsiz.  Ular shunchaki o‘zga sayyoralik! Mana 10 yildirki, bu ikki futbolchi top darajani saqlab turishibdi. Bejizga ular 5 tadan «oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishmaganku! Ularda ikki xil o‘yin uslubi hukmron. Menga shunchaki  Ronaldu yoqib qolgan. Futbol olamiga kirib kelganimdan beri uni kuzatib boraman. Undan nimadir olishga intilaman. To‘g‘ri, Messi bu Messi! Uning darajasiga chiqishning iloji yo‘q, lekin Ronaldu bu mashina! Gol uruvchi mashina! Uning katta mehnatlari aynan futbol uchun sarf bo‘lgan. Bunday mehnatsevarlik hurmatga loyiq.

Asab buzarliklar haqida

Hayotda juda sabrli insonman. Shunga qaramasdan meni hatto maydonda ham jaxlimni chiqarish mumkin. Agar kimdir maydonda bizga qarshi atayin qo‘pol yoki iflos o‘ynasa ko‘pincha o‘zimni tutib turishim qiyin.

Qaysi futbolchini terma jamoaga chaqirgan bo‘larding?

Hm… Juda qiyin savol. Bu meni noqulay ahvolga soldi. To‘g‘risi, u mening yaqin do‘stim.

Xorij chempionatlaridan qay birida o‘zingni ko‘ryapsan?

Men ko‘ryapman deya olmayman, lekin bor kuchim bilan harakat qilaman. U mening asosiy orzularimdan biri.  Men kuchli 5 ta chempionatdan birida o‘zimni sinab ko‘rishni juda istayman. Umid qilamanki, tinimsiz mehnat meni top chempionatlarda o‘ynovchi futbolchiga aylantira oladi. Oson bo‘lmasada, buni uddalash uchun qo‘limdan kelganicha harakat qilaman.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:27, 19.07.2019.
O'qildi: 6493 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.