Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 23:59 Bavariya 1-1 PSJ
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna

Grizmann: «Messi, «Barselona» va jamoadoshlarim uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilishga tayyorman»

Grizmann: «Messi, «Barselona» va jamoadoshlarim uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilishga tayyorman»

Baho:
+ | -

«Barselona» hujumchisi Antuan Grizmann "ko‘k-anorranglilar" sardori Lionel Messi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

– Maydonda erkin harakat qilishga o‘rganib qolgan futbolchi sifatida Messi bilan o‘ynash qiyin bo‘ladimi? Nazarimda, sizning «Barselona»dagi vazifangiz «Atletiko» paytidagiga nisbatan boshqa bo‘ladi?

– Ha, bu ajoyib bo‘ladi [Messi bilan birga o‘ynash]. Har kuni Messining mashg‘ulotda qay tariqa ishlayotganini ko‘rishni istayman. Shundan so‘ng esa uni maydonda va maydon tashqarisida tushunishga harakat qilaman. Uning safimizga qo‘shilishini intizorlik bilan kutyapman. Messi, klub va boshqa futbolchilar uchun barcha narsa qilishga tayyorman.

– U bilan til topishib ketish borasida xavotirga tushmayapsiz shekilli?

– U murakkab shaxs emas. Menga odamlar orasida bo‘lish yoqadi. Ishonchim komil, Messi bilan yaxshi til topishib ketamiz.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 20:41, 21.07.2019.
O'qildi: 4001 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик