Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/01 00:45 Inter 2-2 Napoli
12/01 21:30 Saudiya Arabistoni - Vyetnam
12/01 21:30 Iordaniya - Qirg‘iziston
12/01 22:30 Jenoa 3-0 Kalyari
13/01 00:45 Yuventus 5-0 Cremonese
13/01 01:00 Sevilya 0-1 Selta
13/01 16:30 O‘zbekiston - Janubiy Koreya
13/01 16:30 Eron - Livan
13/01 21:30 Yaponiya - Qatar
13/01 21:30 BAA - Suriya
14/01 16:30 Iroq - Avstraliya
14/01 16:30 Tailand - Xitoy
14/01 22:30 Napoli - Parma

Shahmat bo‘yicha G‘arbiy Osiyo chempionatida qatnashuvchilar diqqatiga

Shahmat bo‘yicha G‘arbiy Osiyo chempionatida qatnashuvchilar diqqatiga

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

Hindiston Shaxmat federasiyasi, Osiyo Shaxmat federasiyasi va FIDE boshchiligida milliy shaxmat federasiyalarini Hindistonning Nyu-Dehli shahrida bo‘lib o‘tadigan shaxmat bo‘yicha G‘arbiy Osiyo yoshlar va o‘smirlar chempionatida ishtirok etish uchun taklif qilmoqda.

Musobada qatnashish yoshi 6-20 yosh qilib belgilangan. O‘z yosh toifasi bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida ishtirok etgan barcha yoshlar ushbu musobaqada qatnashishlari mumkin.

G‘arbiy Osiyo chempionatining tashkiliy qo‘mitasi rasmiy ma`lumotiga ko‘ra, asosiy ishtirokchilar 10 avgustgacha 75$ (o‘z yosh toifasida O‘zbekiston chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritganlar), qo‘shimcha ishtirokchilar 150$ miqdoridagi mablag‘ni tashkiliy qo‘mitaga to‘lashi belgilangan. Ushbu sanadan keyin kechikkan ishtirokchilar har bir rasmiy o‘yinchi uchun asosiy o‘yinchilar 125 $ va qo‘shimcha o‘yinchi uchun 200$ miqdoridagi mablag‘ni to‘lashiga to‘g‘ri keladi. 3 mahal ovqat hamda turar joyga 1 kunga 1 kishilik xona uchun 90$, ikki kishilik xona (har bir kishi) uchun 50$ miqdoridagi summani tashkil qiladi. Transfer harajatlari (Indira Gandi nomidagi xalqaro aeroport – Tivoli Grand Resort Hotel – Indira Gandi nomidagi xalqaro aeroport) 100$ni tashkil qiladi.

Musobaqaga borib kelish harajatlari ishtirokilar tomonidan qoplanadi.

O‘zbekiston Shaxmat federasiyasi Matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, musobaqada qatnashish istagi bo‘lgan shaxmatchilar arizalarni O‘zbekiston Shaxmat federasiyasiga topshirishlari talab etiladi.

Sirli Hindistonda bo‘ladigan, G‘arbiy Osiyo chempionatida qatnashish uchun ro‘yhatdan o‘tish muddati 1 avgustgacha. Turnir so‘nggida 7 mo‘jizadan biri hisoblanadigan Toj-Mahalga sayohat ham uyushtiriladi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilgi G‘arbiy Osiyo chempionati Toshkent shahrida o‘tkazilib, unda terma jamoamiz umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallagandi.

Kiritildi: 15:39, 26.07.2019.
O'qildi: 4750 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.