Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 - Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum - Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

Ispaniya Superkubogi finalidagi bahsli vaziyatlar ichki tafsilotlari

Ispaniya Superkubogi finalidagi bahsli vaziyatlar ichki tafsilotlari

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Ispaniya Qirollik Futbol Federasiyasi "Barcelona" va "Real Madrid" o‘rtasidagi Superkubok finalidan so‘ng (3:2) hakamlarning audio yozuvlarini e’lon qildi va uchrashuvdagi eng ko‘p bahs-munozaraga sabab bo‘lgan lahzalarga aniqlik kiritdi.

Bosh hakam Xose Luis Munuera Montero birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqt nega uzoq bo‘lganini shunday izohladi:

“Har bir gol bir daqiqa qo‘shadi".

U bir nechta gollar sabab dastlab belgilangan qo‘shimcha vaqtdan oshib ketilganini va bu haqda ikkala jamoa zaxira o‘rindig‘ini oldindan ogohlantirganini aytgan.

Audio yozuvlar, shuningdek, Munuera o‘yindan oldin sardorlar Frenki de Yong va Federiko Valverdega bergan ko‘rsatmalarini ham ochib berdi — u hakam bilan yakkama-yakka, hurmat doirasida muloqot qilishni talab qilgan. O‘yin davomida esa himoyachilarni jarima maydonida ushlab qolishlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri penalti keltirib chiqarishini bir necha bor ogohlantirgan.

Eng bahsli vaziyatlardan biri — jarima maydoni yaqinida Lamin Yamalga qarshi qo‘pol harakat epizodi bo‘ldi. Munuera bu yerda o‘yinni to‘xtatmasdan davom ettirishini himoya qilib, Pedriga:
“Bu hujum uchun aniq imkoniyat yaratdi,” — degan.

VAR esa bu vaziyatda oyoq bosish bo‘lmaganini tasdiqlagan.

Eng hal qiluvchi lahza esa Frenki de Yongning Kilian Mbappega qarshi yuqori ko‘tarilgan oyoq bilan qilgan harakatidan so‘ng qizil kartochka olishi bo‘ldi. VAR hakamni boldirga yuqori kontakt bo‘lganini ko‘rsatib, maydondan chetlatishga chaqirdi.

Noroziliklarga qaramay, Munuera qarorini qat’iy aytdi: “Qizil kartochka tasdiqlandi. Frenki, maydonni tark et".

Bahsda kataloniyaliklar 3:2 hisobida g‘alaba qozonib, 16-bor Superkubokni qo‘lga kiritdi.

Kiritildi: 16:55, 14.01.2026.
O'qildi: 3962 marta.
Fikrlar: 40 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.