Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK

The Athletic Xabi Alonsoning «Real»dan bo‘shatilishi tafsilotlarini oshkor qildi

The Athletic Xabi Alonsoning «Real»dan bo‘shatilishi tafsilotlarini oshkor qildi

Baho:
+ | -

«Real»ning sobiq bosh murabbiyi Xabi Alonso o‘zining ishdan bo‘shatilishini asossiz va xato qaror, deb hisoblayotganini The Athletic nashri ma’lum qildi.

Ispaniya Superkubogi finalida «Barselona»dan 2:3 hisobida mag‘lubiyatga uchralganidan so‘ng, Alonso klubning mashg‘ulot bazasiga taklif etilgan. U yerda mutaxassis «Real»ning bosh ijrochi direktori Xose Anxel Sanches bilan uchrashuv o‘tkazgan va aynan shu uchrashuvda unga hamkorlik to‘xtatilishi haqida ma’lum qilingan.

Bunga javoban Xabi Alonso ushbu qarorga qat’iyan norozi ekanini bildirib, uni adolatsiz va noto‘g‘ri deb atagan. Mutaxassis o‘z ketish sabablarini klub ichida mavjud bo‘lgan «galaktikos boshqaruv madaniyati» muhiti bilan bog‘lagan.

Xabi Alonso madridliklarni 2025 yil 1 iyun kuni boshqarib kelayotgan edi. U ishdan bo‘shatilgan paytda «Real» La Liga turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turgan, Chempionlar ligasida esa yettinchi pog‘onada joylashgan edi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 09:48, 14.01.2026.
O'qildi: 3813 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.