Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 00:00 Rayo Valyekano 0-1 Almeriya
06/05 00:00 Sevilya 3-0 Granada
06/05 18:00 Qizilqum 1-1 Neftchi
06/05 21:00 Salernitana 1-2 Atalanta
06/05 23:45 Udineze 1-1 Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas 4-0 Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill 3-4 Lion
08/05 00:00 PSJ - Borussiya D
09/05 00:00 Real Madrid - Bavariya

«Bunyodkor» - «Dinamo»: Samarqand jamoasi 5 yil oldingi natijani takrorlay oladimi?

«Bunyodkor» - «Dinamo»: Samarqand jamoasi 5 yil oldingi natijani takrorlay oladimi?

Baho:
+ | -

Superliga ikkinchi davrasi doirasidagi 14-turda Samarqandning “Dinamo” jamoasi Toshkentda “Bunyodkor” klubi mehmoni bo‘ladi.

Superliga. 14-tur.

27 iyul (shanba)

“Bunyodkor” – “Dinamo”

Hakamlar: Firdavs Norsafarov, Sanjar Shoyusupov, Alisher Usmonov, N. Qosimov

Nazoratchi: Vladislav Seytlin

Komissar: Ahmed Tillayev

TV-translyasiya: Sport TV

O‘yin vaqti: 18:00

Kim qayerda tayyorgarlik ko‘rdi?

“Dinamo” jamoasi davralar oralig‘idagi tayyorgarlikni Chimyon tog‘li hududi va Toshkentda o‘tkazdi. 12 iyuldan 19 iyulgacha jamoa Chimyonda, 20 iyuldan esa poytaxtda yig‘inga kirishdi. Toshkentda 3 ta nazorat bahslari o‘tkazildi va 2 g‘alaba va bir mag‘lubiyat qayd etildi.

“Dinamo”ning nazorat uchrashuvlari:

20 iyul (shanba)

“Navbahor” – “Dinamo” – 0:1

21 iyul (yakshanba)

“Andijon” – “Dinamo” – 1:0

23 iyul (seshanba)

“Surxon” – “Dinamo” - 1:2

“Dinamo” taraddudni o‘zimizda o‘tkazgan bo‘lsa, “Bunyodkor” jamoasi xorijda yig‘in tashkil etdi. Belorus poytaxti Minsk shahrida 10 kunlik yig‘inda bir qator nazorat uchrashuvlari o‘tkazish bilan birga yangi futbolchilar sinovdan o‘tkazildi.

“Bunyodkor”ning nazorat uchrashuvlari:

«Smolevichi» – «Bunyodkor» – 0:1

«Gorodeya» (Belorus) – «Bunyodkor» - 1:2

«Dnyapro» (Belorus) – «Bunyodkor» - 3:2

«Smolensk» (Rossiya) – «Bunyodkor» - 3:3

Kim qanday holatda?

“Dinamo” jamoasi ikkinchi davra oldidan 13 o‘yindan keyin 18 ochko jamg‘arib, 7-o‘rinni band etgan. Samarqand klubi Superliga doirasidagi so‘nggi uchta safar uchrashuvida mag‘lubiyat nimalini bilmay kelmoqda – 3 durang.

Vadim Abramov boshchiligidagi “Bunyodkor” klubi esa Superligada o‘tgan 13 o‘yinda 21 ochko jamg‘arib, 5-o‘rindan joy olgan. “Qaldirg‘ochlar” so‘nggi uchta uy uchrashuvida mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda – 2 g‘alaba va 1 durang.

“Dinamo”ning so‘nggi olti turdagi o‘yini:

8-tur. “Dinamo” – AGMK – 1:0

9-tur. “Buxoro” – “Dinamo” – 0:0

10-tur. “Dinamo” – “Qizilqum” – 2:2

11-tur. “Qo‘qon-1912” – “Dinamo” – 2:2

12-tur. “Dinamo” – “Lokomotiv” – 2:1

13-tur. “Dinamo” – “Bunyodkor” – 1:2

“Bunyodkor”ning so‘nggi olti turdagi o‘yini:

8-tur. “Bunyodkor” – “Qo‘qon-1912” – 2:1

9-tur. “Lokomotiv” – “Bunyodkor” – 0:0

10-tur. “Metallurg” – “Bunyodkor” – 0:2

11-tur. “Bunyodkor” – “Nasaf” – 1:1

12-tur. “Surxon” – “Bunyodkor” – 2:0

13-tur. “Dinamo” – “Bunyodkor” – 1:2

O‘zaro o‘yinlar: 21-to‘qnashuv

Oliy Liga tarixida «Bunyodkor» va «Dinamo» klublari o‘zaro bugungacha 21 marta to‘qnash kelishgan. Toshkentdagi o‘yin 22-to‘qnashuv sifatida tarixda qoladi. O‘zaro uchrashuvlar tarixi statistikasi «Bunyodkor» ustunligini ko‘rsatmoqda. “Bunyodkor” 17 ta o‘yinda g‘olib bo‘lgan, 3 ta o‘yin durang hisobida yakunlangan. “Dinamo” ushbu raqibni hozirgacha bir marta mag‘lub etgan – 2014 yilda Toshkentda Azamat Bobojonovning 90+4-daqiqada kiritgan goli evaziga. Ko‘ramiz, “Dinamo” 5 yil avvalgi natijani bu safar takrorlay olarmikan...

To‘plar nisbatida ham ustunlik “Bunyodkor” tomonida - 40:10. O‘zaro o‘yinlarda “Dinamo” 6, “Bunyodkor” esa 54 ochkoni qo‘lga kiritgan.

“Bunyodkor”ning o‘zaro o‘yinlarda qozongan eng yirik g‘alabasi – 4:0ga teng. “Dinamo”ning yagona g‘alabasi – 1:0.

Toshkent bo‘lib o‘tgan o‘zaro so‘nggi olti uchrashuv:

20/04/17. Bunyodkor – Dinamo – 1:1

23/05/15. Bunyodkor – Dinamo – 1:0

23/08/14. Bunyodkor – Dinamo – 0:1

05/10/13. Bunyodkor – Dinamo – 4:1

03/09/12. Bunyodkor – Dinamo – 2:1

Eski tanishlar...

Bugungi kunda «Dinamo»ga qaytgan Bahodir Nasimov o‘z vaqtida “Bunyodkor” safida to‘p surgan. “Qaldirg‘ochlar” tarkibida ham sobiq “dinamochilar” bor. Xususan, samarqandlik himoyachi Anvar G‘ofurov bir necha mavsumdan buyon “Bunyodkor”da to‘p surayotgan bo‘lsa, Javohir Qahramonov 2017 yilda aynan “Dinamo”dagi o‘yinlari bilan muxlislarga tanilgan, yana bir Suhrob Izzatov esa o‘tgan yili Pro-Ligada “Dinamo”ning asosiy futbolchilaridan biriga aylangandi.

«Dinamo» klubi matbuot xizmati.

Manba: www.fcdinamo.uz
Kiritildi: 17:03, 26.07.2019.
O'qildi: 2047 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.