Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/01 19:00 Piza 0-3 Komo
06/01 22:00 Lechche 0-2 Roma
07/01 00:45 Sassuolo 0-3 Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
07/01 22:30 Bolonya - Atalanta
07/01 22:30 Napoli - Verona
08/01 00:30 Bornmut - Tottenhem
08/01 00:30 Brentford - Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas - Aston Villa
08/01 00:30 Everton - Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem - Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti - Brayton
08/01 00:45 Parma - Inter
08/01 00:45 Torino - Udineze
08/01 00:45 Lasio - Fiorentina
08/01 01:15 Byornli - Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl - Lids
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari

MOQ qoshida tashkil etilgan ilmiy-metodik markazning dastlabki faoliyati tahlil qilindi

MOQ qoshida tashkil etilgan ilmiy-metodik markazning dastlabki faoliyati tahlil qilindi

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

Tokio Olimpiadasiga terma jamoamiz vakillarini har tomonlama puxta tayyorlash va unda yuqori natijalar qayd etishi uchun barcha sport sohalari jamjihatlikda faoliyat olib bormoqda. Bugun O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida o‘tkazilgan navbatdagi yig‘ilishda MOQ qoshida tashkil etilgan ilmiy-metodik markazning dastlabki ishi ko‘rib chiqildi.

Mazkur tadbirni MOQ prezidenti Rustam Shoabdurahmonov olib bordi. Unda, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administrasiya sport sektorining rahbari Shavkat Sultonov, Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari Oybek Kasimov, MOQ vise-prezidenti Aziz Kamilov, federasiyalar rahbariyati, sport faxriylari, MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi mutasaddilari va OAV xodimlari ham ishtirok etishdi.

O‘z mehnatini ayamayotgan barcha sport jonkuyarlariga o‘z minnatdorchiligimni bildirib qolaman. Hozir terma jamoa vakillarining mashg‘ulotlarini chuqur o‘rganib, uni tahlil qilish bo‘yicha Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, MOQ, O‘zbekiston davlat Jismoniy tarbiya va sport universiteti professorlaridan iborat ishchi guruh tuzilgan. Xorijda yig‘in o‘tkazayotgan terma jamoalarimizning faoliyati ham o‘rganilmoqda. Ishchi guruhga o‘sha joyning qanday yaxshi sharoiti bor, uni o‘zimizda ham tatbiq qilsa bo‘ladimi kabi jihatlarni o‘rganish vazifasi yuklatilgan. Bunda faxriylarimizning yordami ham kerak. Aynan ularning boy tajribasi asosida o‘zbek sportining ertasini yaratamiz”, – dedi Rustam Shoabdurahmonov.

 

Ish davomida tashkil etilgan ilmiy-metodik markazning dastlabki faoliyati, sport kurashlari bo‘yicha terma jamoamiz vakillarining mashg‘ulotlarini o‘rganish natijasida qayd etilgan xulosalar tinglandi. Yig‘ilish doirasida Shavkat Sultonov, Oybek Kasimov, sport faxriylari kengashi raisi Komiljon Xudoyberganov va pedagogika fanlari doktori, professor Fikrat Kerimov ham so‘zga chiqib, o‘zbek sportining taraqqiyotida yo‘lga qo‘yilgan ushbu qadamning o‘rni xususida gapirib o‘tishdi. Shuningdek, ilmiy-metodik markazning kelgusi faoliyatida e’tibor qaratilishi kerak bo‘lgan jihatlar, uning ishini yanada sifatli va mukammal qilish borasida tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 20:11, 26.07.2019.
O'qildi: 1581 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.