Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

«Real»ning yirik hisobdagi mag‘lubiyati haqida Mourinyo va Grizmann nimalar dedi?

«Real»ning yirik hisobdagi mag‘lubiyati haqida Mourinyo va Grizmann nimalar dedi?

Baho:
+ | -

Bugungi kunning eng muhim voqeasi sifatida internetni larzaga sologan Madrid derbisi haqida so‘nggi ma’lumotlarni taqdim etishda davom etamiz. Taniqli «Fut Bazza» nashri aynan shu o‘yindan so‘ng futbol olamidagi mashhur insonlarning fikr va mulohazalarini bir joyga jamlab kichik maqola sifatida e’lon qildi. Biz esa, uni sizga ilindik.

Joze Mourinyo

Buni ajablanarli joyi yo‘q. «Real Madrid» himoyada juda yomon o‘ynadi. Tartibsiz va ishonchsiz futbol namoyish etdi. «Atletiko» esa, bu uchrashuvga o‘ta jiddiy yondoshdi va 7 ta gol kiritmaguncha to‘xtamadi. Bilasizmi, bu natijaning sira hayron qoladigan joyi yo‘q. Madrid derbisida «Real» shu qadar bo‘sh o‘ynadiki, hatto «Arsenal» ham ularni yirik hisobda mag‘lub eta olgan bo‘lar edi.

Ernesto Valverde
Men boshqa jamoalarni muhokama qilishdan ko‘ra, o‘z jamoamga e’tibor berishni avzal ko‘rman. Bu o‘rtoqlik uchrashuvi edi. Shu uchrashuvni deb ularni kurashdan chiqarib yuborish mumkin emas. Ular bizga yangi mavsumda muammolar tug‘dirishga qodir.

Rio Ferdinand

Men uchrashuv davomida «Real Madrid»dek qudratli jamoaga qarshi qo‘rqmasdan to‘p surgan Joau Felishning o‘yiniga qoyil qoldim. U atigi 18 yoshda! U juda yosh bo‘lsada, derbi uchrashuvida o‘tamiyona klubga qarshi to‘p surgandek xotirjam uchrashuvni o‘tkazdi. Uning kelajagi porloq. Simione qo‘l ostida u super futbolchi bo‘lib yetishish imkoniga ega. «Real Madrid» jamoasi haqida to‘xtovsiz gapirish mumkin. Himoya oldingi mavsumdan ham zaiflashib qolgan. Yangi futbolchilar esa, sira moslashib keta olishmayapti.  Jamoaga vaqt kerak. O‘ylashimcha, Zidan bu muammolarni bartaraf etishga qodir murabbiy.

Daniyel Sebalyos

Men bu uchrashuvni zo‘rg‘a ko‘rdim. Yigitlar bu o‘yindan xafa bo‘lmasligi lozim. Axir bu mavsumoldi uchrashuvlar, xolos. Jamoaning kuchini o‘rtoqlik uchrashuvida emas, rasmiy o‘yinlardagina bilib olsa bo‘ladi. «Arsenal»? Men bu jamoaning ishqiboziman desam, adashmagan bo‘laman. Xose Antonio Rees bilan bir shahardanmiz. Men uning «Arsenal»dagi o‘yinlarini ko‘rib katta bo‘lganman. Bu klubga o‘tishdan avval dadam bilan maslahatlashdim. Ular meni ko‘p o‘ylamaslikka va qarorni qabul qilishga undadilar. Umid qilmanki, bu klubda Rees singari o‘z o‘rnimni topa olaman.

Antuan Grizmann

Men o‘yin natijasini ko‘rib biroz hayron qoldim va quvondim. «Real Madrid» singari jamoa ustidan qozonilgan g‘alabani tarixiy deb atash mumkin. Sobiq jamoamning g‘alabasi meni quvontirdi. «Atletiko» doimo mening yuragimda qoladi va men bu klubga doimo omad tilab qolaman.  To‘g‘risi, Simeone bu uchrashuvdan so‘ng meni yana bir bor hayron qoldirdi. U bilan aloqalarimiz ustoz-shogird maqomidan ancha balandroq. Biz u bilan bir oila a’zolari singari yaqinmiz. Simeone oldida qarzdorman va uni hurmat qilaman. Umid qilamanki, futbolchilik faoliyatim yakunlangandan so‘ng ham tez-tez uchrashib turamiz. Yangi mavsum oldidan sobiq klubimga omad tilab qolaman.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:46, 27.07.2019.
O'qildi: 12760 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.