Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

Qashqadaryoda beshta muhim tashabbus bo‘yicha sport musobaqalari o‘tkazildi

Qashqadaryoda beshta muhim tashabbus bo‘yicha sport musobaqalari o‘tkazildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusining ikkinchi yo‘nalishi bo‘yicha respublikamizning barcha hududlarida sport musobaqalari tashkil qilinmoqda.

Joriy yilning 26-27 iyul kunlari Qashqadaryoning turli hududlarida sportning voleybol, yunon-rum kurashi, futbol, stol tennisi, suzish hamda yengil atletika turlari bo‘yicha o‘tkazilgan sport musobaqalari ham shular jumlasidan.

Bellashuvlarda viloyatning Shahrisabz, Qarshi shaharlari hamda Kitob tumani yoshlari bilan birgalikda surxondaryolik yosh sportchilar ham ishtirok etishdi. Sport bellashuvlarida hammasi bo‘lib 670 nafar yoshlar o‘zaro kuch sinashishdi.

“Biz giyohvandlikka va terrorizmga qarshimiz” shiori ostida sportning yunon-rum kurash turi bo‘yicha Qarshi shahar BO‘SM ochiq birinchiligi musobaqasida Surxondaryo viloyati hamda mezbon Qashqadaryo viloyatidan 150 nafar sportchilar ishtirok etishib, g‘olib sovrindor bo‘lgan sportchilar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alar, diplom va medallar bilan taqdirlandilar.

 

27 iyul kuni Qarshi tumani kengashi bilan hamkorlikda BO‘SM futbol maydonida “Futbolimiz kelajagi” shiori ostida tumandagi barcha MFYdan 9-14 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasida sportning futbol turidan tuman birinchiligi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu musobaqada 120 nafarga yaqin yosh iqtidor egalari ishtirok etishdi.

1-o‘rinni Qarshi tumani Qoratepa MFY jamoasi egallagan bo‘lsa, 2-o‘rinni Lagandi MFY jamoasi qo‘lga kiritdi. Faxrli 3-o‘rin Padaron MFY jamoasiga nasib etdi.

Shahrisabz shahridagi “Beruniy” sog‘lomlashtirish yozgi dam olish oromgohida“Yoz - o‘tmoqda soz” shiori ostida stol tennisi musobaqasi o‘tkazildi. Bu musobaqada oromgohning 100 nafarga yaqin dam oluvchi yoshlari ishtirok etishdi.

Shuningdek, “Hisor”, “Lokomativ” sport o‘yingohlaridagi futbol musobaqalari, Kitob tumanidagi suzish havzasida suzish turi bo‘yicha musobaqa, Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog‘ida yengil atletika turi bo‘yicha Qarshi shahridagi mahalla yoshlari o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqalar ham qizg‘in bahslarga boy bo‘ldi.

Sportning barcha turlari bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar mutasaddi tashkilotlar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Manba: Minsport
Kiritildi: 01:48, 30.07.2019.
O'qildi: 2462 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик