Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

Hududiy futbol akademiyalariga qabul imtihonlarini yuqori darajada o‘tkazish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Hududiy futbol akademiyalariga qabul imtihonlarini yuqori darajada o‘tkazish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

1-20 avgust kunlari O‘zbekiston futbol assosiasiyasi huzuridagi hududiy bolalar-o‘smirlar futbol akademiyalariga qabul imtihonlarining hal qiluvchi ikkinchi bosqichi o‘tkaziladi.

Bugun O‘FA majlislar zalida mazkur imtihonlarni yuqori darajada, shaffoflik va adolat tamoyillariga asoslangan holda tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda hududiy bolalar-o‘smirlar futbol akademiyalari direktorlari hamda imtihonda bevosita vakil sifatida qatnashadigan O‘FA xodimlari ishtirok etishdi.

Qayd etish joiz, hududiy akademiyalarga qabulning ilk bosqichi iyul oyida tashkil etildi va unda 2008 yilda tavallud topgan futbolchilar ichidan eng yaxshilari saralandi. Ana endi avgustda bo‘ladigan yakuniy imtihonlarda har bir akademiyaga 22 nafardan iqtidorli o‘yinchilar tanlab olinadi. Yakuniy imtihonlar 4 kun davom etib, dastlab o‘yin amaliyoti va mantiqiy test bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar tekshiriladi. Keyin esa texnik va jismoniy qobiliyatlar sinovdan o‘tkaziladi va akademiyada tahsil oluvchi bolalar saralab olinadi.

Bugun bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda imtihonlarning yuqori darajada tashkil etilishi, yakunda esa iqtidor bobida eng sara futbolchilar tanlab olinishida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar muhokama etildi.

Yig‘ilishda ishtirok etgan O‘FA Birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov imtihonlar jarayonining adolatli tarzda tashkil etilishi juda ham muhim ekanini alohida ta’kidlab o‘tdi:

- Akademiyalarga qabul imtihonlarining asosiy me’zoni – adolatli tanlov bo‘lishi lozim. Hech qanday aralashuvlarsiz, faqat bolalarning iste’dodini professional tarzda baholash orqaligina biz hududiy bolalar-o‘smirlar futbol akademiyalarida eng iqtirdorli o‘yinchilarning tahsil olishini ta’minlashimiz mumkin bo‘ladi. Buning uchun esa imtihonni o‘tkazishga mas’ul bo‘lgan akademiya direktorlari, shuningdek imtihonlarda qatnashadigan O‘FA vakillaridan bor kuch-mahoratini ishga solish va imtihonlarni professional darajada o‘tkazish talab etiladi, - dedi Ravshan Ermatov.

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 17:23, 31.07.2019.
O'qildi: 1427 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.