Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/05 20:30 Yaponiya 1-0 O‘zbekiston
03/05 22:00 Tuluza 1-2 Monpelye
03/05 23:45 Torino 0-0 Bolonya
04/05 00:00 Luton 1-1 Everton
04/05 00:00 Lans 2-0 Loryan
04/05 00:00 Xetafe 0-2 Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal - Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad - Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr - Strasbur
04/05 19:00 Byornli - Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted - Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford - Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid - Kadis
04/05 20:00 Monako - Klermon
04/05 21:00 Monsa - Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti - Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona - Barselona
04/05 22:00 Mets - Renn
04/05 23:45 Sassuolo - Inter
05/05 00:00 Brest - Nant
05/05 00:00 Malyorka - Atletiko
05/05 15:30 Kalyari - Lechche
05/05 17:00 Osasuna - Betis
05/05 18:00 Brayton - Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi - Vest Xem
05/05 18:00 Empoli - Frozinone
05/05 18:00 Verona - Fiorentina
05/05 19:15 Selta - Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul - Tottenhem
05/05 21:00 Milan - Jenoa
05/05 21:30 Valensiya - Alaves
05/05 23:45 Roma - Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano - Almeriya
06/05 00:00 Sevilya - Granada

Zidan iste’fosi yaqinmi?

Zidan iste’fosi yaqinmi?

Baho:
+4 | -

«Real Madrid» jamoasi ishtirokidagi o‘rtoqlik uchrashuvlariga guvoh bo‘lgan muxlislarning barchasiga o‘z klubi kelajagi biroz xiraroqdek tuyulgan bo‘lsa, ajab emas. Zidan juda qiyin ahvolda qolgan jamoani avvalgi darajaga olib chiqa oladimi? Bugun aynan shu maqsad yo‘lida Zidanga to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan jihatlar haqida, ya’ni Zidanning iste’fosini tezlashtirib yuboruvchi omillar haqida so‘z boradi.

Mavsumoldi o‘yinlaridagi mag‘lubiyatlar

Bir qarashda bu uchrashuvlarning ahamiyati yo‘qdek tuyulsa-da, uning zamirida yangi mavsum uchun o‘ta muhim omillar yashirin.

Umumiy hisobda «Real Madrid» jamoasi 5ta o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi va bir marta penaltilar seriyasida “Arsenal”ni mag‘lub etdi. Eng achinarlisi shundaki, jamoa 5ta o‘yin mobaynida 11ta gol kiritgan bo‘lsa, o‘z darvozasidan naqd 18 bor to‘p olib chiqishga majbur bo‘ldi. Bundan tashqari, «Real Madrid» futbolchilari “Atletiko”ga qarshi o‘yinda deyarli maydonda yugurishgani yo‘q. “Atletiko Madrid” esa, o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lishiga qaramasdan  maydonda jang qildi. Ularning o‘yindagi shijoati va yonib turgan ko‘zlari o‘yin natijasiga kuchli ta’sir o‘tkaza oldi. Sababi, o‘sha kuni «Real Madrid» futbolchilari mutlaq motivasiyasiz to‘p surishdi. Jamoa o‘yinchilari mavsum boshlanishiga oz fursat qolgan bo‘lsa-da, optimal formaga kira olmagan. Aynan shu faktor yangi mavsumdagi ilk uchrashuvlarda jamoaga pand berishi mumkin. “Barselona”, “Atletiko” singari jamoa ishtirok etadigan ichki chempionatda yo‘qotilgan har bir ochko oltinga teng! Zidan qanchalar urinmasin yig‘inlardan unumli foydalana olmadi. Oqibatda, jamoa o‘yinchilarning hech biri o‘zining to‘liq optimal sport formasiga kira olmadi…

Zidan «Real Madrid»ning o‘yiniga yangilik olib kirmadi

O‘tgan mavsum so‘ngida Zidan muxlislar bilan bo‘lgan muloqot davomida yangi mavsum oldidan hammasi o‘zgarishini, ham taktik, ham strategik o‘zgarishlar amalga oshishini e’lon qilib, muxlislarning xavotiriga o‘rin yo‘qligi haqida intervyu bergan edi.

Endi-chi? To‘g‘ri, «Real Madrid» hali rasmiy uchrashuvlarda maydonga tushganicha yo‘q, lekin yangi mavsum oldidan sinab olinadigan yoki shakllantiradigan o‘yinning o‘zi yo‘q. «Real Madrid» o‘rtoqlik uchrashuvlaridagi barcha uchrashuvlarda avvalgi davrdagi kabi 75 foiz hujumlarni asosan qanotlardan uzatilgan to‘p orqali amalga oshirmoqda. Bundan avval bu to‘plarni golga aylantira oladigan darajada mahoratli bo‘lgan futbolchilardan biri «Yuventus»ga o‘tib ketgan bo‘lsa, ikkinchisi zaxira o‘rindig‘ida “golf tayoqchasi” bilan o‘tiribdi.

Jamoaning o‘yinini kuchaytirish maqsadida xarid qilingan Eden Azar ortiqcha vazn muammosidan qutula olmayotgan bo‘lsa, Yovich katta bosimni yengib o‘tishi dargumon! Yengib o‘tgan taqdirda ham bunga vaqt talab etiladi. Ferlan Mendining jarohati hammasidan o‘tib tushdi.  E’tibor qarating, hozirda «Real Madrid»ning 5 ta futbolchisida jarohat mavjud.

Ko‘plab muxlislar Zidan yangi mavsumda yangicha o‘yin uslubini qo‘llashini taxmin qilgan edi. Afsuski, murabbiy hali hamon o‘z taktikasi va uslubidan voz kechgani yo‘q. Faqat ijrochilar o‘zgardi, xolos. Zidan Ronaldu to‘p surishi kerak bo‘lgan pozisiyada Azarni o‘ynatmoqda. Boshqa hech narsa o‘zgargani yo‘q. Balki, asosiy o‘yinlar chog‘ida fransuz yana nimadir o‘ylab topar, biroq bunga ishonish biroz qiyinroq.

Murabbiy va rahbariyat kelisha olmayapti

Yodingizda bo‘lsa, Zidan qaytishidan avvalroq Florentino Peres jamoaning to‘liq boshqarish huquqi fransiyalik murabbiyga berilishini e’lon qilgan edi.

Ming afsuski, bu ish amalga oshmadi. OAV tomonidan rahbariyat va Zidan o‘rtasidagi kelishmovchiliklar bir necha bor yoritilganidan xabaringiz bor. Zidan va Peres o‘rtasida transfer oynasi chog‘ida bir necha bor bahsli vaziyatlar yuzaga keldi. Masalan: Zidan Navasni asosiy darvozabon qilmoqchi bo‘lgan bo‘lsa, Peres Kurtuani 1-raqamli bo‘lishini istadi. Zidan Beylni tekinga bo‘lsa-da qo‘yib yubormoqchi bo‘lib turganda Peres Xitoy klubiga o‘tish arafasidagi futbolchining transferini barbod qildi. Bundan tashqari, Zidan Xamesni jamoadan ketkazish payida bo‘lsada, Peres uni sotib yuborishni istamayapti. Hatto futbolchi uchun taklif qilingan 50 million yevro ham Peresni fikridan qaytara olmadi. Qisqacha qilib aytganda, rahbariyat va murabbiylar shtabi o‘rtasidagi arqon uzilib ketgan va tomonlarning fikrlari bir xil ko‘rinish olmayapti.

Yangi mavsumda raqiblar juda kuchli

«Real Madrid» yangi mavsum oldidan hozircha 5 nafar futbolchi xarid qilgan bo‘lsa-da, raqiblar ham qarab turishgani yo‘q. «Barselona» markazni va hujum chizig‘iga yangi qon olib kirgan bo‘lsa, «Atletiko Madrid» butunlay yangi jamoaga aylandi. Mavsumoldi uchrashuvlari chog‘ida sezganingizdek, bu mavsumda Ispaniya grandlari ajoyib xaridlarni amalga oshirish orqali anchagina kuchayib olishning uddasidan chiqdi. Bu esa, boshlanayotgan mavsum startini og‘ir o‘tkazishi kutilayotgan Zizu shogirdlari uchun ikki hissa noqulaylik tug‘dirishi turgan gap.

So‘nggi so‘z o‘rnida

Zayniddin Zidan o‘zining ajoyib o‘yin uslubi va taktikasi orqali klublar miqyosidagi barcha musobaqalarda g‘olib chiqdi va YECHL rekordini o‘rnatdi. Shunday bo‘lsa-da, yuqoridagi omillar katta ehtimol bilan o‘z so‘zini aytadi. Agarda murabbiy yuqorida keltirilgan muammolarni tez kunlarda bartaraf eta olmasa, uning kursisi juda qattiq silkinib ketishi mumkin.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 00:21, 06.08.2019.
O'qildi: 17774 marta.
Fikrlar: 18 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.