Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Shonli “Paxtakor-79”ni xotirlab futbol afsonalari ishtirokida matbuot-anjumani o‘tkazildi

Shonli “Paxtakor-79”ni xotirlab futbol afsonalari ishtirokida matbuot-anjumani o‘tkazildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Ertaga shonli klubimiz “Paxtakor-79”ning aviahalokatga uchraganiga roppa-rosa 40 yil to‘ladi. Futbolchilarimiz xotirasini abadiylashtirish, ularning nomlarini kelajak avlodga yetkazish borasida bu yil katta tadbir dasturlari ishlab chiqilgan. Bugun O‘zbekiston Superligasining 16-turidan o‘rin olgan “Paxtakor” – “Buxoro” uchrashuvidan avval mazkur tadbirlarga bag‘ishlangan matbuot-anjumani tashkil etildi. Unda Vasilis Xadzipanagis, Aleksandr Chivadze, Vladimir Gusayev kabi yaqin va uzoq o‘tmishdagi taniqli futbol yulduzlari, sport faxriylari va qator OAV ishtirok etdi.

Anjuman davomida o‘z davrining eng yorqin futbolchilari “Paxtakor-79”ning o‘ziga xos o‘yinlari, jamoa tarkibidagi yigitlarning qanchalik mohir futbolchi bo‘lgani va o‘sha davr futboli haqida xotirlab o‘tishdi.

“Shuni aytish kerakki, o‘sha “Paxtakor”da yosh yigitlar o‘ynardi. Halokatga uchragan jamoa tarkibida do‘stlarimiz, yosh yulduzlar bo‘lishgan. Ularni yo‘qotish biz uchun fojea. Halokatdan so‘ng yangi “Paxtakor”ga qarshi Toshkentdagi ilk o‘yindan oldin qabristonga borib bizni tark etgan yaqinlarimizni xotirlab keldik. O‘yinda esa stadion to‘la odam. Sodiq muxlislar eski jamoasini ko‘rgani kelgandek edi. Biz "Paxtakor"ning bunday yigitlarini unutmaymiz”, – dedi Aleksandr Chivadze.

“Jamoa halokatga uchragandan keyin turli klublardan yangi futbolchilar keldi. Ammo ikkala tarkib umuman boshqa maktab tarbiyalanuvchilari ekani yaqqol sezilardi. Biz yo‘qotgan jamoa o‘z o‘yin uslubi, jamoaviy o‘yini bilan ajralib turgan”, – dedi Vladimir Gusayev.

Ertaga “Paxtakor” stadionida o‘rnatilgan yodgorlik yonida va Botkin qabristonida xotira tadbirlari o‘tkazilsa, 20:00 da “Paxtakor” va Sobiq Ittifoqning faxriy futbolchilari ishtirokida o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 22:20, 10.08.2019.
O'qildi: 3665 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.