Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

Kurashchi qizimiz jahon chempionati medalini qo‘lga kiritishi mumkin

Kurashchi qizimiz jahon chempionati medalini qo‘lga kiritishi mumkin

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Tallin shahrida davom etayotgan sport kurashlari bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionati qizg‘in pallasiga kirmoqda. E’tiborlisi, ayollar kurashi bo‘yicha ham terma jamoamiz vakillari shohsupaga ko‘tarilish imkoniyatini saqlab turishibdi. -76 kilogramm vazn toifasida bahs olib borayotgan vakilamiz Muxlisa Normo‘minova chorak finalda kubalik raqibasiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Biroq Milaymis Potrille (Kuba) finalgacha yetib borgach hamyurtimizda bronza medali uchun kurashish imkoniyati saqlab qolindi.

Kurashchimiz dastlabki o‘tish bellashuvida Hindiston va Yaponiya termasi vakilalarining bahsi g‘olibiga qarshi ishtirok etadi. Bo‘lajak bellashuv Normo‘minovaning g‘alabasi bilan yakunlansa, bronza medali uchun kurashda xitoylik Sian Jiang kutib turibdi. Shuningdek, yana bir qator vakilalarimiz saralash bahslarida ishtirok etishadi:

-53 kg: Shohida Ahmedova – Yeji Min (Janubiy Koreya)
-62 kg: Ariuxon Jumabayeva – Irina Rignachi (Moldaviya)
-65 kg: Dinora Rustamova – Tina Tina (Hindiston)
-72 kg: Svetlana Oqnazarova – Yevgeniya Zaxarchenko (Rossiya)

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 12:00, 15.08.2019.
O'qildi: 2408 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик