O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro JCH-2026 guruh bosqichining 2-turida Portugaliyadan uchralgan yirik mag‘lubiyatdan (0:5) so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etib, o‘yin haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Italiyalik mutaxassis natijadan qat’i nazar, shogirdlarining o‘yinini yuqori baholadi va mundialdagi ishtirok jamoa uchun katta tajriba maktabi bo‘layotganini ta’kidlab o‘tdi:
“Albatta, Jahon chempionatidagi ilk ishtirok oson bo‘lmasligi tabiiy. Qur’a natijalari chiqqanidan so‘ng Kolumbiya va Portugaliyani ko‘rib, bizni juda qiyin guruh kutayotganini tushungandik.
Kolumbiyaga qarshi o‘yindan keyin ham jamoamdan faxrlanishimni aytgandim, bugun ham jamoam bilan faxrlanaman. Chunki men ularni maydonda ko‘rdim. Ha, yigitlar qiyinchiliklarga duch kelishdi, ammo bir soniya ham taslim bo‘lishmadi.
Albatta, barcha chiziqlarda yuqori saviyadagi futbolchilarga ega jamoaga qarshi o‘ynash doim qiyin. Shubhasiz, ular bugun juda katta motivasiya bilan maydonga tushishgan edi. Biroq, aytganimdek, bu Jahon chempionati biz uchun muhim tajribadir”.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionati 3-turida Kongo DRga qarshi maydonga tushadi. Mazkur bellashuv 28 iyun kuni 4:30 da boshlanadi.













