Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/02 00:45 Parma 1-4 Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze 1-0 Roma
03/02 01:00 Sanderlend 3-0 Byornli
03/02 01:00 Malyorka 4-1 Sevilya
03/02 11:00 Eron 7-4 O‘zbekiston
03/02 13:00 Iroq 4-2 Tailand
03/02 15:00 Yaponiya 6-0 Afg‘oniston
03/02 17:00 Indoneziya 3-2 Vyetnam
04/02 00:45 Bolonya - Milan

Mirjalol Qosimov: «Kutilmagan avtogol o‘yin tizginini buzib qo‘ydi»

Mirjalol Qosimov: «Kutilmagan avtogol o‘yin tizginini buzib qo‘ydi»

Baho:
+ | -

Coca Cola Superligasining 17-turidan o‘rin olgan AGMK - "Paxtakor" (0:3) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Mirjalol Qosimov o‘z fikrlarini bildirdi.

— Kurashlarga boy qiziqarli uchrashuv guvohiga aylandik. "Paxtakor"ga qarshi hujumkor futbol namoyish etib bo‘lmaydi. Shu boisdan bugungi bellashuvda taktik sxemada o‘zgarish amalga oshirib, 5-4-1 ko‘rinishida o‘ynashni lozim topgandik.

Umuman jamoamiz bugun yomon harakat qilmadi. Kuchli raqibga karshi munosib o‘ynashdi. Yaratilgan qator vaziyatlarni golga aylantira olganimizda hammasi boshqacha bo‘lishi mumkin edi. Tanaffusdan keyin vaziyatni o‘nglash maqsadida himoyachi o‘rniga yarim himoyachi tushirib, odatiy 4-3-3 taktik sxemasiga kaytgandik.

Biroq ikkinchi taymdagi kutilmagan avtogol o‘yin tizginini buzib qo‘ydi. "Paxtakor"dagi tajriba va mahorat o‘z so‘zini aytdi, hamda ular haqli ravishda g‘alaba qozonishdi. Bu bilan "Paxtakor"ni tabriklayman. Jamoamiz esa kelgusi uchrashuvlarda muxlislarni xursand etishga harakat qiladi. Oldimizda kubok doirasidagi bahs turibdi.

Manba: www.fc-agmk.uz
Kiritildi: 00:01, 18.08.2019.
O'qildi: 2975 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.