Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/09 19:00 OKMK 1-0 Xorazm
04/09 00:00 Real Sosyedad 0-0 Selta
04/09 18:00 Bunyodkor - Surxon
04/09 19:00 Navbahor - Lokomotiv
04/09 19:00 Nasaf - Neftchi
04/09 20:15 Paxtakor - Andijon
05/09 00:00 Betis - Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich - Liverpul
05/09 16:30 Nyukasl - Bornmut
05/09 18:00 Qo‘qon-1912 - Dinamo
05/09 18:00 So‘g‘diyona - Mash’al
05/09 19:00 Brentford - Sanderlend
05/09 19:00 Brayton - Lids
05/09 19:00 Fulhem - Kristal Pelas
05/09 19:00 Manchester Siti - Koventri Siti
05/09 19:00 Nottingem Forest - Tottenhem
05/09 19:15 Atletik Bilbao - Atletiko
05/09 20:15 Qizilqum - Buxoro
05/09 21:30 Rayo Valyekano - Rasing
05/09 21:30 Xall Siti - Aston Villa
06/09 00:00 Vilyarreal - Deportivo

"Oq-tepa" - AGMK: prevyu

"Oq-tepa" - AGMK: prevyu

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogi chorak final doirasida AGMK Toshkentning "Oq-tepa" klubiga qarshi o‘ynaydi.

Mazkur o‘yin avval rejalashtirilganidek Toshkentdagi TTMYI stadioni emas, balki Toshkent viloyatida joylashgan sobiq "Politotdel", hozirgi "Do‘stlik" o‘yingohida bo‘lib o‘tadi.

Qayd etish kerakki, O‘zbekiston Pro-ligasida ishtirok etadigan "Oq-tepa" jamoasi ilk marotaba AGMK bilan to‘qnash kelmoqda. Bu jamoani sobiq futbolchi, hozirda murabbiylik qilayotgan Alisher Shog‘ulomov va Saidkomil Akbarov boshqarib kelishmoqda. Ayni paytda bo‘lajak raqibimiz O‘zbekiston Pro-liga Ada 23 ochko to‘plagan holda 6-o‘rinda bormoqda.

Mirjalol Qosimov boshchiligidagi AGMK jamoasi bugun o‘yin oldidan rasmiy mashg‘ulotini Qibraydagi markaziy stadionda o‘tkazdi. "Paxtakor"ga qarshi o‘yinni jarohati tufayli o‘tkazib yuborgan jamoamiz to‘purari Zafar Polvonov yana safga qaytgan va umumiy guruh bilan shug‘ullanmoqda.

O‘zbekiston kubogi chorak final doirasidagi raqibimiz "Oq-tepa"ga qarshi ilk rasmiy o‘yinimizni o‘tkazamiz. Bunga qadar ushbu jamoalar o‘zaro duch kelishmagan. "Oq-tepa" - AGMK uchrashuvini yosh hakam Akobir Shukurullayev boshqarib boradi. O‘yin Toshkent viloyatidagi "Do‘stlik" stadionida soat 17:00da boshlanadi.

 

Coca-Cola O‘zbekiston kubogi, chorak final.

21 avgust, chorshanba

17:00 «OQ-TEPA» - AGMK

Toshkent viloyati, "Do‘stlik" stadioni.

Hakamlar: Akobir Shukurullayev, Avaz Abdullayev, Husniddin Bahodirov, Rahimbek Karimov

Nazoratchi: Sayfiddin Ermatov

Komissar: Bekzod Aripov

Manba: АГМК матбуот хизмати
Kiritildi: 07:33, 21.08.2019.
O'qildi: 2168 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик