Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/03 00:45 Yuventus 1-1 Sassuolo
22/03 01:00 Lids 0-0 Brentford
22/03 01:00 Sevilya 0-2 Valensiya
22/03 16:30 Komo 5-0 Piza
22/03 17:00 Nyukasl 1-2 Sanderlend
22/03 18:00 Barselona 1-0 Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta 1-0 Verona
22/03 19:00 Bolonya 0-2 Lasio
22/03 19:15 Aston Villa 2-0 Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem 0-3 Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta 3-4 Alaves
22/03 22:00 Roma 1-0 Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao 2-1 Betis
23/03 00:45 Fiorentina 1-1 Inter
23/03 01:00 Real Madrid 3-2 Atletiko

Azizjon Kamilov Yaponiya MOQ rahbari bilan uchrashdi

Azizjon Kamilov Yaponiya MOQ rahbari bilan uchrashdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Dzyudochilarimiz Tokio tatamilarida o‘tayotgan jahon chempionatida ajoyib natijalar qayd etayotganidan xabaringiz bor. Mazkur musobaqani MOQ vise-prezidenti, O‘zbekiston dzyudo federasiyasi rahbari Azizjon Kamilov ham bevosita Tokiodan kuzatib bormoqda. A.Kamilov musobaqaga tashrifi doirasida Yaponiya MOQ rahbari Yasuxiro Yamasita bilan uchrashdi.

Uchrashuv har ikki tomonning iliq suhbati ostida kechdi. O‘z navbatida Azizjon Kamilov JCHdan avval dzyudochilarimiz o‘tkazgan yig‘inning yuqori saviyada kechishida yaqindan yordam bergani uchun Yaponiya tomoniga chuqur minnatdorchilik bildirib o‘tdi.

Avvalo, Maydzuru yig‘inini tashkil qilishda yaqindan yordam bergangiz uchun Siz va Yaponiya dzyudo federasiyasiga o‘z minnatdorchiligimni bildirib qolaman. Yig‘inning qanchalik foyda keltirgani mana bugun isbotlanmoqda. O‘ylaymanki, bunday hamkorlikni yanada mustahkam va bardavom qilish har ikki tomon uchun ham manfaatli. Dzyudo va boshqa sport turlari bo‘yicha terma jamoalarimizni Tokio Olimpiadasiga tayyorlash borasida mana shunday qo‘shma hamkorlik qilishni O‘zbekiston tomoni qo‘llab-quvvatlaydi”, – dedi Azizjon Kamilov.

O‘z navbatida Yasuxiro Yamasita o‘zbek dzyudo maktabining ravnaqi va qudrati haqida iliq fikrlar bildirib, bunday hamkorlikni davom ettirishdan mamnun ekanligini bildirib o‘tdi. Uchrashuv yakunida Azizjon Kamilov mana shunday tig‘iz vaziyatda suhbat uchun vaqt ajratgan Yasuxiro Yamasitaga tashakkur aytib, esdalik sovg‘alarini taqdim qildi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 14:13, 25.08.2019.
O'qildi: 1744 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик