Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

«Real» Olisega 120 million yevrolik muqobil variant topdi

«Real» Olisega 120 million yevrolik muqobil variant topdi

Baho:
+1 | -

Madridning «Real» klubi «RB Leypsig» vingeri Yan Diomandega da’vogarlik qilayotgan jamoalar ro‘yxatiga qo‘shildi.

«Qirollik klubi» rahbariyati Maykl Olisening «Bavariya»dan transferini amalga oshirish oson bo‘lmasligini tushunib turibdi, shu sababli bozordagi boshqa variantlarni o‘rganmoqda. Transfer News Live nashrining El Debatega tayanib xabar berishicha, Diomande muqobil variant sifatida belgilangan. «Qaymoqranglilar» skautlar bo‘limi rahbari Xuni Kalafat ivuarlik (Kot-d'Ivuar) futbolchining JCH-2026dagi o‘yinlarini bevosita kuzatib bormoqda.

Yan Diomandega shuningdek, «Liverpul» va «PSJ» klublari ham qiziqish bildirmoqda, biroq 19 yoshli futbolchining o‘zi «Real»ga o‘tishni afzal ko‘radi. «RB Leypsig» esa ushbu porlayotgan yulduzining sotuvidan kamida 120 million yevro ishlab olishni maqsad qilgan.

Kiritildi: 13:05, 28.06.2026.
O'qildi: 4576 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик