Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 00:00 Rayo Valyekano 0-1 Almeriya
06/05 00:00 Sevilya 3-0 Granada
06/05 18:00 Qizilqum 1-1 Neftchi
06/05 21:00 Salernitana 1-2 Atalanta
06/05 23:45 Udineze 1-1 Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas 4-0 Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill 3-4 Lion
07/05 18:00 Paxtakor 4-3 Metallurg
07/05 19:00 OKMK 3-4 Nasaf
08/05 00:00 PSJ - Borussiya D
09/05 00:00 Real Madrid - Bavariya

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu rukndagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Pogba yana trentda 

Madridning «Real» jamoasi rahbari Florentina Perez klub bosh murabbiyi Zayniddin Zidanning iltimosiga ko‘ra Pogba transferini amalga oshirish uchun harakatlarini boshlab yuboradi.

«Daily Mirror» nashri tarqatgan xabarlarga qaraganda, «qirollik klubi» 2-centabr kuni Pol Pogba borasida yakuniy rasmiy taklif bilan chiqadi. Unga ko‘ra «qirollik klubi» futbolchi uchun 150 million yevro taklif etishni reja qilmoqda.

Transfer oynasi davomida «Manchester yunayted» jamoasi Pol Pogbni 200 million yevrodan kamiga qo‘yib yubormasligini e’lon qilgan edi.

Nacho Monoreal ketadigan ko‘rinadi

Londonning «Arsenal» jamoasi himoyachisi Nacho Monoreal jamoani tark etishi kutilmoqda.
33 yoshli futbolchi qishki transfer oynasi ochilishi bilan boshqa jamoaga o‘tishni reja qilmoqda. Futbolchi uchun hozirda bir nechta Ispaniyaning o‘rtamiyona klublari qiziqish bildirurgan va bu amalga oshishi mumkin.

Futbolchining agenti tarqatgan xabarlarga qaraganda, Nacho o‘z faoliyatini Ispaniya klublaridan birida davom ettiradi va futbolchi yangi jamoasi bilan 2 yillik shartnoma imzolaydi. Hozircha futbolchining yangi jamoasi haqidagi ma’lumotlar oshkor qilinmayapti.

«Sevilya»  «Real Madrid» futbolchisini qo‘lga kiritmoqchi

Andalusiya klubi «Real Madrid» jamoasi hujumchisi Mariano Diazni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqida «Readfootball» nashri xabar tarqatmoqda.

Hozirda hujumchi borasida ikki klub o‘rtasida muzokaralar boshlangan bo‘lib, hafta songgiga qadar hammasi hal etilishi mumkin.

Andalusiya klubi sport direktori Ramon Monchi o‘zining topqirligi bilan nom qozonganidan xabarinigiz bor. Mutaxassis «qaymoqranglilar» futbolchisini sotib olish sharti bilan ijaraga olishni reja qilmoqda.

Ronaldu Dibalaning o‘rinbosarini tavsiya etadi

Turinning «Yuventus» jamoasi hujumchisi Krishtiyanu Ronaldu klub rahbarlariga Dibala jamoani tark etsa, uning o‘rniga Mariano Diazni harid qilishni maslahat berdi.

«Don Balon» nashri tomonidan tarqatilgan ushbu xabarga suyanib shuni ma’lum qilish mumkin-ki, Dibala katta ehtimol bilan «PSJ» futbolchisiga aylanadi va Diaz Turin super klubi safiga o‘tadi.

Eslatib otamiz, Diazning transfer qiymati 30 million yevroni tashkil etadi.

«Chelsi» Batshuayi bilan xayrlashmoqchi

Londonning «Chelsi» klubi hujumchisi Mishu Batshuayi o‘z jamoasini o‘zgartirishi mumkin.
«TMW» nashri tarqatgan xabarlarga qaraganda, Frenk Lempard belgiyalik futbolchini jamoa uchun keraksiz deb baholamoqda va uni transfer oynasi yopulguniga qadar sotib yuborish tarafdori.

Manba tarqatgan xabarlarga ko‘ra, futbolchi katta ehtimol bilan yan ijara asosida boshqa klub safiga borib qo‘shiladi va ushbu klub Rimning «Roma» jamoasi bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, belgiyalik futbolchi o‘tgan mavsumni «Kristal Pelas» jamoasida ijarada o‘tkazgan va raqiblari darvozasini 5 bor ishg‘ol qilgan edi. Hozirda u klubning yoshlar jamoasi sharafini himoya qilmoqda.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:07, 28.08.2019.
O'qildi: 9220 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.