Turinning “Yuventus” klubi PSJning himoyachi Mattia De Shilyo borasidagi taklifni rad etdi, deya yozmoqda jurnalist Romeo Agresti.
Manbaning xabariga ko‘ra, parijliklar futbolchini qo‘lga kiritishga bir necha bor harakat qilgan, ammo turinliklar futbolchini qo‘yib yuborishni istashmadi.
Eslatib o‘tamiz, De Shilyoning “keksa sinyoralar” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilgacha mo‘ljallangan.