Kirish Ro'yxatdan o'tish

Xabi Alonso «Chelsi»ga tayinlangani haqida fikr bildirdi

Xabi Alonso «Chelsi»ga tayinlangani haqida fikr bildirdi

Baho:
+2 | -

«Chelsi»ning yangi bosh murabbiyi Xabi Alonso o‘zining tayinlovi rasman e’lon qilinganidan so‘ng ilk fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. «Ko‘klar» yakshanba kuni ispaniyalik mutaxassis bilan shartnoma imzolangani haqidagi ma’lumotni tasdiqladilar.

«Dunyoning eng yirik va buyuk klublaridan biriga murabbiy bo‘lish men uchun ulkan sharaf. Klub egalari va sport rahbariyati bilan bo‘lgan suhbatlardan ma’lum bo‘ldiki, bizning ambisiyalarimiz mushtarak. Vazifamiz — doimiy ravishda yuqori darajada to‘p suradigan va sovrinlar uchun kurashadigan jamoa barpo etish. Klubning salohiyati juda yuqori, tarkibda iqtidorli futbolchilar bor. Biz uchun eng muhimi — tinimsiz mehnat, to‘g‘ri madaniyatni shakllantirish va sovrinlarni qo‘lga kiritishdir», — deya Alonsoning so‘zlarini keltiradi jurnalist Ben Jeykobs.

Ispaniyalik mutaxassisning shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 15:37, 17.05.2026.
O'qildi: 2114 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик