«Manchester Yunayted» klubi Jahon chempionati — 2026 bahslarida yangi darvozabon qidirish ishlarini olib bormoqda.
Angliya grandi Paragvay terma jamoasi posboni Orlando Xilning mundialdagi qahramonona o‘yinlaridan lol qolgan. Ayni damda «Yunayted» darvoza chizig‘ini kuchaytirishga ehtiyoj sezmoqda. Shu sababli, «qizil iblislar» tez orada «San-Lorenso» klubi a’zosi hisoblangan ushbu darvozabonga rasmiy taklif bilan chiqishlari mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Paragvay terma jamoasi JCH-2026da 1/8 final bosqichiga qadar yetib keldi. Janubiy Amerika vakillari mazkur bosqichda Fransiya terma jamoasiga kichik (0:1) hisobida imkoniyatni boy berib, musobaqani tark etishdi.













