Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona 2-0 Jayxun
30/08 18:00 Chelsi 4-3 Brayton
30/08 18:00 Lids 1-1 Brentford
30/08 18:00 Sanderlend 1-0 Fulhem
30/08 19:00 Navbahor 1-0 Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid 4-0 Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted 5-2 Ipsvich
30/08 21:30 Napoli 1-2 Komo
30/08 22:30 Deportivo 3-1 Valensiya
30/08 23:45 Kalyari 0-1 Inter
30/08 23:45 Lasio 1-0 Jenoa
31/08 00:30 Selta 0-2 Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal
01/09 00:30 Barselona - Rayo Valyekano

UEFA Balogun mojarosidan so‘ng Infantinoni FIFA prezidentligidan bo‘shatmoqchi

UEFA Balogun mojarosidan so‘ng Infantinoni FIFA prezidentligidan bo‘shatmoqchi

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

UEFA Janni Infantinoni FIFA prezidentligi lavozimidan chetlatmoqchi.

Taniqli insayder va jurnalist Romen Molinaning ma’lum qilishicha, UEFAning bir qator rahbarlari 2027 yilning mart oyida bo‘lib o‘tadigan saylovlarda Janni Infantinoni FIFA prezidentligidan tushirib qoldirishni istamoqda.

Manbaning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, JCH-2026ning 1/16 finalidan o‘rin olgan Bosniya va Gersegovinaga qarshi o‘yindagi (2:0) chetlatilishidan so‘ng, AQSH terma jamoasi hujumchisi Folarin Balogunning diskvalifikasiyasi kutilmaganda to‘xtatib qo‘yilgach, boshqa qit’a konfederasiyalari ham bu g‘oyani faol muhokama qila boshlashgan.

Bundan oldin Oq uy vakillari Infantino bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanib, vaziyatga va qarorga ta’sir o‘tkazishni so‘ragani haqida xabarlar tarqalgan edi.

«UEFAning bir nechta rahbarlari anchadan beri sahna ortida Infantinoga jiddiy raqobat tug‘dira oladigan nomzod ko‘rsatish ustida yashirin ish olib borishmoqda.

Infantino Donald Trampning ko‘nglini olish uchun ushbu qarorni qabul qilganidan so‘ng, nafaqat Yevropa, balki jahon futbolining boshqa yetakchilari ham unga muqobil izlash lozimligini muhokama qila boshlashdi. Chunki ularning fikricha, "bunday tartibsizlik ortiq davom etishi mumkin emas"», — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Infantino 2016 yildan buyon FIFAni boshqarib kelmoqda. Keyinchalik u 2019 va 2023 yillardagi saylovlarda ham ushbu lavozimga qayta saylanishga muvaffaq bo‘lgan edi.

Kiritildi: 17:34, 06.07.2026.
O'qildi: 3052 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик