Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/07 05:00 AQSh 1-4 Belgiya
07/07 21:00 Argentina 3-2 Misr
08/07 01:00 Shveysariya 0-0 Kolumbiya

Krishtianu Ronaldu JCH-2026dan chiqib ketgach bayonot berdi

Krishtianu Ronaldu JCH-2026dan chiqib ketgach bayonot berdi

Baho:
+ | -2

Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu JCH-2026 1/8 finalida Ispaniyaga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lganidan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

41 yoshli hujumchi musobaqani tark etganidan qattiq iztirobda ekanini tan oldi. Shu bilan birga, u o‘zini maydonda bor kuchini sarflamaganlikda ayblay olmasligini ta’kidladi.

Ronaldu, shuningdek, Portugaliya terma jamoasi bilan erishgan yutuqlarini eslab, Yevro-2016 chempionligi uning uchun jahon chempionligi bilan teng ahamiyatga ega ekanini aytdi.

«Biz yaxshi o‘yin o‘tkazdik, munosib o‘yin ko‘rsatdik. Albatta, yanada yaxshiroq harakat qilishimiz mumkin edi, ammo Ispaniya eng kuchli terma jamoalardan biri. Menimcha, ular finalgacha yetib boradi yoki shunga juda yaqin bo‘ladi.

Bunday mag‘lubiyatdan keyin, albatta, xafaman. Ammo men bor kuchimni berdim va qo‘limdan kelgan barcha ishni qildim. Portugaliya bilan uchta sovrin yutib oldim. Krishtianugacha Portugaliya hech narsa yutmagan edi.

Men uchun eng katta sovrin — Yevro-2016 chempionligi. Bu men uchun jahon chempionligi kabi qadrli. Ertaga yangi kun bo‘ladi, hayot davom etadi. Men vijdonim toza holda uyg‘onaman, chunki o‘zimni to‘liq baxshida qildim», — dedi Ronaldu.

Eslatib o‘tamiz, JCH-2026 Krishtianu Ronaldu uchun faoliyatidagi oltinchi va so‘nggi jahon chempionati bo‘ldi.

Afsonaviy portugaliyalik mundiallarda jami 27 ta uchrashuv o‘tkazib, 11 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, u jahon chempionatlarining oltita turli musobaqasida gol urgan tarixdagi ilk futbolchi sifatida rekord o‘rnatdi.

Manba: sports.kz
Kiritildi: 05:26, 07.07.2026.
O'qildi: 11983 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик