Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

Alisher Nikimbayev: «Kuperning iste’fosi qimmatga tushishi mumkin, O‘FAda esa pul yo‘q»

Alisher Nikimbayev: «Kuperning iste’fosi qimmatga tushishi mumkin, O‘FAda esa pul yo‘q»

Baho:
+ | -

Taniqli futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev JCH-2022 saralashida Falastinga (0:2) yutqazib qo‘ygan O‘zbekiston milliy jamoasi atrofidagi voqealar bo‘yicha o‘z fikrlarini aytdi.

«Natija men uchun noxush ko‘ngilsizlikka aylandi. Ektor Kuperning murabbiylik imkoniyatlariga nisbatan avvaldan salbiy fikrda bo‘lsam-da, futbolchilarimizning mahorati g‘alaba uchun yetarli deb o‘ylardim. Amalda bunday bo‘lmadi», - deb yozdi Nikimbayev o‘z telegram kanalida.

Mutaxassisning fikriga ko‘ra, Kuperning iste’fosi va yangi bosh murabbiyning tayinlanishi O‘zbekiston Futbol Assosiasiyasi uchun juda qimmatga tushishi mumkin. Avvalgi rahbariyat esa O‘FA g‘aznasini bo‘shatib ketgan. 

«Endi O‘FA rahbariyati qiyin ahvolda. Ularga maqsad, vazifalar va milliy jamoa o‘yiniga mos kelmaydigan murabbiy avvalgi rahbariyatdan meros bo‘lib qolgan. Uni iste’foga chiqarish esa juda qimmatga tushadi.

Agar Kuperni ishdan olish kerak bo‘lib qolsa, pul zarur bo‘ladi. Bundan tashqari yangi murabbiy uchun ham pul kerak. Bilishimcha, O‘FA g‘aznasida pul yo‘q. Chunki juda ham hashamatli hayot tarzini kechirgan avvalgi rahbariyat nafaqat Mirabror Usmonov O‘FA hisobida qoldirib ketgan 2 million dollarni, balki ikki yil ichida tushgan boshqa mablag‘larni ham sarflab yuborgan», - deb yozdi Nikimbayev.

Mutaxassis milliy jamoani kim boshqarishi mumkinligi haqidagi fikrlarini ham bayon qildi.

«Moliyaviy muammolar Kuperning o‘rniga mahalliy mutaxassisning tayinlanishiga olib kelishi mumkin. Futbolimizdagi deyarli barcha taniqli mutaxassislar bu lavozimda ishlab ko‘rgani, boshqalari esa ishlash uchun yetarli obro‘ga ega emasligini e’tiborga oladigan bo‘lsak, milliy jamoani kim boshqarishi mumkin degan savolga javob topish oson bo‘lmaydi.

O‘FA rahbariyatining hozirgi vazifasi yangi murabbiyni tanlash paytida (bu ertami, kechmi baribir yuz beradi) avvalgi rahbariyatning xatosini takrorlamaslikdir.

Qaysidir nomzodni tanlashdan oldin milliy jamoaning kuchli va kuchsiz tomonlarini, kelajakda uning oldida qanday vazifalar va maqsadlar turishini, rivojlanish yo‘nalishi qanday ekanini, turli yoshdagi jamoalar o‘rtasidagi munosabatlar qanday bo‘lishini va nomzod bularning barchasiga qanchalik loyiq ekanini tushunib olish shart», - deb ta’kidladi Nikimbayev.

Mutaxassis murabbiy tanlashda o‘zi ishlagan Qatar Futbol Federasiyasi tajribasidan foydalanishni taklif qildi.

«Misol tariqasida Qatar milliy jamoasi bosh murabbiyi Feliks Sanchesni keltirish mumkin. U Qatarga Aspire futbol akademiyasi loyihasiga asosan keldi. U yerda yosh futbolchilarga ispancha o‘yin uslubini singdirdi. Keyinchalik Qatar yoshlar jamoasi bilan 2014 yilda Osiyo chempioni bo‘ldi. 2017 yilda esa milliy jamoaga tayinlanib, 2019 yilda Osiyo Kubogini qo‘lga kiritdi.

Futbol federasiyasining uzoqni ko‘zlagan holda olib boradigan ishi shunday bo‘lishi kerak – barcha yoshdagi terma jamoalar yagona o‘yin uslubi va rivojlanishning umumiy dasturi bilan bir-biriga bog‘lanishi kerak», — deb yakunladi Nikimbayev.

Manba: tribuna.uz
Kiritildi: 13:39, 07.09.2019.
O'qildi: 9782 marta.
Fikrlar: 46 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.