Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Afrikalik do‘st»

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Afrikalik do‘st»

Baho:
+1 | -

Bugun Samuel Eto'O futbol bilan xaylashibdi. Biror bir dongdor yulduz butsasini mixga ilsa, ikki xil his o‘tadi ichimdan:

birinchisi, faoliyatining oxirgi qismini kuzatmaganim va esdan chiqqani uchun "eendi ketdimi?!" degan his.

ikkinchisi, yoshligimning bir qismiga aylangan daho o‘sha yoshligimning bir qismini yulib olib ketayotgandek tuyuladi.

Eto'O baribir daho hujumchi edi. O‘lchovi qay bir yulduzdan pastroqdadir, ammo futbol bilan xaylashganida, bir eslab qo‘yishga, ajoyib o‘yinlarini ko‘z o‘ngimizdan o‘tkazishimizga arziydigan hujumchi edi.

"Yoshlar" telekanalida chet el o‘yinlari endi-endi ko‘rsatilayotgan paytlari u bilan "tanishganmiz". "Barsa" tarkibida o‘ynayotgan payti Samuel bir kuni maydon markazidan darvozabon bilan birga bir chiqib borgani hamon yodimda. Men u to‘pni olgan zahoti "hisob 3:0!" dedim (o‘sha vaqt 2:0 edi).

Kamerunlik bola borib urolmadi. Men jim turib, jahlda "sen hech qachon Ronaldo bo‘lolmaysan", degandim.

Albatta, bu gapimni hamma bir xil tushungan: braziliyalik yulduzning darajasini ulug‘ladi, degan ma’noda. Lekin bu gapni aytishimga ikki hujumchining taqqosi emas, boshqa narsa sabab bo‘lganini hech kim bilmasdi:

Ancha avval Maslachenkoning sharhida "Inter" vakili Ronaldo hisob 2:0ligida xuddi shunaqa vaziyatga chiqib ketgan, rus maestrosi hujumchi darvozabondan ellik metr uzoqligidayoq "3:0" degandi. Albatta, Ronaldo tablodagi hisobni shu holga olib kelgan o‘shanda.

Men ham buyuk sharhlovchiga taqlidan bir kuni shunaqa vaziyatni ushlab olaman deb kutib yashardim. Keldi o‘sha kutilgan vaziyat. Ammo Eto'O "ming yillik rivoyat"ni pachaq qilib turibdi-da...

Keyin bunaqa tavakkalchilikka boshqa qo‘l urmadim. Ammo, Samuelning o‘yinlaridan hamisha bahra olib yashadim.

Afrikalik o‘rtoq, mayli, o‘shanda meni uyaltirgan va g‘alati holatga tushirib qo‘ygan bo‘lsang ham, sen yashil maydon dahosi eding, keyingi ishlaringda omad!

Yoshligim sen bilan ketyapti, ehtiyot bo‘l...

Xayrulla HAMIDOV.

Manba: https://t.me/x_hamidov
Kiritildi: 21:24, 08.09.2019.
O'qildi: 9467 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик