Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Futbolchilarni "sindirgan" ayollar

Futbolchilarni "sindirgan" ayollar

Baho:
+ | -

Futbolchining o‘sib ulg‘ayishi, yangi darajaga ko‘tarilishi uchun uning turmush o‘rtog‘i yoki qaylig‘ining tutgan o‘rni beqiyos. Ba’zan futbolchilar o‘z juftlarini uchratgach, iloji boricha tungi klub va ortiqcha ko‘ngilhushlikdan voz kechishadi. Bor e’tiborlarini futbol va oila uchun sarflashadi.

Afsuski, barcha ayollar ham futbolchilarning foydasiga hizmat qilmaydi. Ayniqsa zamonaviy futbolda so‘nggi paytlarda ayollarning ta’siri tufayli katta sahnadan tushib ketayotgan futbolchilar tobora ko‘payib bormoqda.

Bugun ayollar sababli futbolda deyarli hech narsaga erisha olmagan futbolchilar haqida so‘z boradi.

Serdar Aziz

Turkiya terma jamoasi va «Galatasaray» klubining himoyachisining ayoli tomonidan yo‘l qo‘yilgan xato Serdar uchun juda qimmatga tushdi desak, adashamgan bo‘lamiz.  

2018-yilning dekabr oyida qishki ta’til oldidan so‘nggi uchrashuvdan oldin Serdar klub rahbarlariga qo‘ng‘iroq qiladi va tobi qochgani sababli o‘yinda ishtirok etmaslik uchun ruhsat so‘raydi.

Yosh va iqtidorli futbolchining muhim bo‘lmagan o‘yin uchun bezovta qilishni istamagan klub unga ruxsat beradi. O‘yindan 12 soat o‘tib instagramga joylangan rasmlar bo‘lmaganida, futbolchining kariyerasi batamom o‘zgacha ko‘rinish olgan bo‘lar edi.

Gap shundaki, Serdar tezroq Maldiv orollariga yetib olish uchun jamoa qarorgohiga bormagan va betob bo‘lib qolganini bahona qilib dam olgani ketgan edi. Uning turmush o‘rtog‘I tomonidan joylangan suvratlar sababli klub futbolchining qilgan ishidan qattiq ranjidi va omma oldida uzr so‘rashni talab etdi. Bechora Aziz qiziqqonlikda dong taratgan «Galatasaroy» muxlislari oldida kechirim so‘ragan bo‘lsada, uni hech kim unutgani yo‘q. Tinimsiz noroziliklardan so‘ng, qishki ta’til chog‘ida klub uni sotib yuboradi. O‘z vaqtida Turkiya terma jamaosida to‘p surayotgan himoyachi hozirda o‘z klubining zahira futbolchisiga aylanib qoldi.

Uning ayoli tomonidan amalga oshirilgan qo‘pol xato esa, uning kariyerasiga bolta urdi desak, adashmagan bo‘lamiz.

Andrey Shevchenko

Ukrainalik futbolchi 2006-yilda «Milan»dan «Chelsi» klubiga safiga o‘tib ketgani ko‘pchilikning yodidan ko‘tarilmagan bo‘lsa, ajab emas. Andreyning aytishicha, bunday qaror qabul qilishga uning turmush o‘rtog‘i amerikalik model Kristin Pazik sabab bo‘lgan ekan. Kristin farzandi Jordanning ingiliz tilida ravon so‘zlashishi uchungina futbolchini «Chelsi»ga o‘tishga ko‘nidirgan va uning faoliyati qanday ko‘rinish olishi bilan ortiqcha qiziqib ham o‘tirmagan.

Bir qarashda kulguli xolat, biroq Sheva o‘z turmush o‘rtog‘ining «so‘zini ikki qila olmasligini» ko‘pchilik bilmasa kerak. «Milan» jamoasining o‘sha davrdagi rahbari Silvio Berluskoni Shevaning manziliga quyidagi so‘zlarni aytgan edi

«Men o‘z uyimda o‘zim xo‘jayinman. Sheva esa, ayolining bir og‘iz chaqiruviga it kabi yugurib boradigan inson!»

O‘z ayolini haddan ortiq yaxshi ko‘ruvchi Shevchenko Joze Mourino tomonidan ham o‘qqa tutilgan.

«Agarda Shevchenkodan biror narsa so‘ramoqchi bo‘lsangiz, maslahatib so‘rab o‘tirmang. U hech narsa bilmaydi. Yaxshisi uning ayolidan so‘ragan ma’qul. Men o‘z uyimda istaganimni qilaman. Andrey esa, Kristin balandroq tovushda ovoz chiqarsa, divanning tagiga kirib oladi»

Darhaqiqat, Sheva aynan turmush o‘rtog‘ining qo‘pol xatosi tufayli o‘z faoliyatidagi eng yomon mavsumlarni o‘tkazdi. O‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqqan futbolchi bir zumda unutlib ketdi. Agarda u «Milan» safida qolganida, unda yana bir necha yil yuqori saviyada to‘p surish imkoni paydo bo‘lar edi. Hozirda Shevchenkoning 4 ta o‘gil (Jordan, Kristian, Rayder-Gabriyel, Aleksandr) farzandi mavjud bo‘lib, Qahramonimiz ularning atigi bitasigagina ism qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan xolos.

Alesandro Pato

Mega iqtidor egasi sifatida Italiyaning «Milan» jamaosiga kelib qo‘shilgan futbolchi 18 yoshidayoq bir mavsum davomida 10 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan edi. U haqida tinimsiz yozishar, top klublar undan ko‘z uzmay kuzatib borishar edi. Afsuski, futbolchining o‘yinida sekin asta pasayishlar kuzatila boshlandi. Avvaliga uni jamoadoshlari umuman chiqishtirmay qo‘ygan bo‘lsa, murabbiy futbolchini asosiy tarkibdan uzoqlashtira boshladi.

Hammasiga Pato va Barbara Berluskoni o‘rtasidagi ishqiy munosabat sabab bo‘lgan edi. Direktorlar kengashi a’zosi sanaladigan Barbara Pato bilan aloqalri haqida yashirib o‘tirmas, doimmo uning yonida bo‘lishga harakat qilar edi. O‘sha davrlarda «Milan»da ishlagan Alegriga bu yoqmas, murabbiy ochiqchasiga Patoni tanqid qila boshlaydi. Boz ustiga «Sariq pressa» tinimsiz Pato va klub rahbarining qizi haqida yangidan-yangi voqeayalrni o‘ylab topishga tushib ketdi.

Oqibatda, «Milan» futbolchini Braziliya klubiga qayta sotib yuboradi. Pato ortga qaytgach, juftlik ajralishga qaror qiladi. Keyinchalik Pato 2 bor Yevropaga qaytishga urungan bo‘lsada, o‘zini to‘liq ko‘rsata olmadi va Xitoyga ravona bo‘ldi. Eng achinarlisi u hozir atigi 30 yoshda va deyarli to‘liq unutib yuborilgan yulduz. Bundan 10 yil ilgari uni «Barselona», «PSJ», «Arsenal», «Yuventus» singari grandlar o‘z safida ko‘rishni istayotgan edi…

Tyan Ji Peng

Xitoy terma jamoasi va «Guanjo Evergrand» klubi himoyachisi Ji Peng bundan 2 yil ilgari o‘z yurtidagi eng mashxur futbolchilardan biri edi. Terma jamoaga chaqiruv olar, Xitoydagi eng kuchli klubning ajralmas bo‘lagi edi desak, adashmagan bo‘lamiz.

Agarda uning turmush o‘rtog‘I bo‘lmaganida edi…

Ji Pengning turmush o‘rtog‘Ii, Xitoydagi eng mashxur ijtimoiy tarmoq sanaladigan Vebo orqali reining unga xiyonat qilayotgani haqidagi ma’lumotni e’lon qiladi. Bu ham yetmaganidek, qasos olishga tushib ketadi. U avvaliga Xitoy sport vaziriga murajaat qiladi va uni terma jamoadan xaydalashini talab etadi. Keyinchalik «Guanjo Evergrand» rahbarlariga video murojaat yo‘llaydi. Uning harkatlari butun boshli Xitoyda katta shov-shuv ko‘taradi. Oqibatda klub ham futbolchi bilan tuzilgan shartnomadan voz kechadi. Biroz muddat tanafus qilgan futbolchi hozirda Xitoyning o‘rtamiyona klublaridan birida kariyerasini qayta qurishni reja qilmoqda.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:53, 12.09.2019.
O'qildi: 23501 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.