Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Vulverhempton - Liverpul
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Yekaterinburg-2019. Mirzaxalilov qozog‘istonlik jahon chempionini mag‘lub etdi

Yekaterinburg-2019. Mirzaxalilov qozog‘istonlik jahon chempionini mag‘lub etdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Boks bo‘yicha jahon chempionatining eng qiziqarli janglaridan biri bo‘lib o‘tdi. 57 kg. vazndagi bokschimiz Miraziz Mirzaxalilov ushbu vaznda amaldagi jahon chempioni Qayrat Yeraliyevga qarshi ringga ko‘tarildi.

Hamyurtimiz qozog‘istonlik sportchiga qarshi katta ishtiyoq bilan jang qila boshladi. U har bir zarbasini katta kuch bilan berdi. Mirzaxalilov birinchi raundni o‘z foydasiga hal qildi.

Ikkinchi bo‘limda Miraziz o‘z ustunligini oshirib bordi. Raundda tugashiga oz qolganida Yeraliyevning ikkita qoshi yorildi. Musobaqa shifokori jangni to‘xtatish haqida qaror qabul qildi.

Hakamlar ikki raund bo‘yicha hisob-kitobni amalga oshirib, yakuniy bahoni e’lon qilishdi — 5:0.

Eslatib o‘tamiz, Qayrat Yeraliyev Gamburg-2017ning nimchorak finalida Murodjon Ahmadaliyevni mag‘lub etib, yakunda jahon chempionligini qo‘lga kiritgan edi.

O‘zbekistonning ikki bokschisi — Shahobiddin Zoirov (52 kg.) va Miraziz Mirzaxalilov (57 kg.) yarim final yo‘llanmasiga ega bo‘lishdi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 19:36, 18.09.2019.
O'qildi: 3648 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.